"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes "Manchester Yunayted"ning o‘ziga bo‘lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq mankunianliklar 23 yoshli ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini jiddiy o‘rganayotgani xabar qilingan edi.
"Bunday xabarlarga e’tibor bermayman. "Barselona"da imkon qadar uzoq qolishni istayman va faoliyatimni shu yerda yakunlashga umid qilaman", — dedi Fermin.
Yarim himoyachi La Liganing 11-turida "Alaves"ga qarshi uchrashuvda (6:1) bitta gol va ikkita assist qayd etib, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Transfermarkt portali Fermin Lopesning bozor qiymatini 110 million yevroga baholamoqda.













