"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Deklan Rays bilan yangi shartnoma imzolanishiga ishonch bildirdi.
Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, 27 yoshli futbolchi London klubida o‘zini baxtli his qilmoqda va uzoq yillar jamoada qolishni istaydi.
"Rays bu yerda juda baxtli ekanini his qilyapman. U bilan har safar suhbatlashganimda, klubda uzoq muddat qolish niyati borligini aytadi.
O‘ylaymanki, yangi shartnoma masalasini hal qilish faqat vaqtga bog‘liq", — dedi Arteta.
Raysning amaldagi kelishuvi tugashiga ikki yildan kam vaqt qolgan. Yangi shartnoma imzolansa, u "Arsenal"ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, hozirda Bukayo Saka haftasiga kamida 300 ming funt maosh olmoqda.













