Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Van Deyk: "Bu aniq penalti edi"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Liverpul" sardori Virjil van Deyk "Arsenal"ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. Andoni Iraola shogirdlari APL 9-turidagi bahsda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

"Xafamiz. Biz o‘z maydonimizda o‘ynadik va gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Oxirgi 15 daqiqada biroz yaxshiroq harakat qilishimiz va to‘pni raqib jarima maydonchasiga ko‘proq uzatishimiz kerak edi. Bugungi harakatlarimiz g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi, shuning uchun xafaman. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ancha yaxshiroq o‘ynay boshladik. Aleksis o‘yin borishini o‘zgartirishi mumkin edi", — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi BBC.

Aleksandr Isak penalti ishlab olishi kerakmidi, degan savolga:

"Menimcha, bu aniq penalti edi. Vaziyatni qayta ko‘rib chiqdim va shunga o‘xshash holatlarda penalti belgilanganini ko‘rganman. Ammo bugun penalti belgilanmadi".

Isak penalti talab qilish uchun faolroq harakat qilishi kerakmidi, degan savolga:

"Bizda 50 ta kamera bor. Shuncha kamera bo‘lsa, unga nima uchun norozilik bildirish kerak? Hamma hammasini ko‘rdi. Oxir-oqibat penalti belgilanmadi va biz, afsuski, o‘yinda mag‘lub bo‘ldik. Nima ham derdik, "Arsenal"ni g‘alaba bilan tabriklayman".

Jamoadagi o‘zgarishlar haqida:

"Klubga yangi inson kelib, hamma narsa o‘zgarsa, buning uchun shunchaki vaqt kerak bo‘ladi. Ishonchim komilki, vaqt o‘tishi bilan hammasi iziga tushadi va kerakli tarzda ishlay boshlaydi".

Ushbu uchrashuvdan keyin "Liverpul" 15 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 07:58, 02.11.2026.
O'qildi: 336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик