| 04/11 01:00 | Barselona | 3-0 | Aston Villa | ||
| 04/11 01:00 | Feyenoord | 0-3 | Inter | ||
| 04/11 01:00 | Bude-Glimt | 0-0 | Lill | ||
| 04/11 01:00 | LASK | 4-0 | Slovan | ||
| 04/11 01:00 | Man. Yunayted | 3-2 | Roma | ||
| 04/11 01:00 | Vilyarreal | 0-6 | PSJ | ||
| 04/11 01:00 | Atletiko | 0-2 | Bavariya | ||
| 04/11 15:00 | Poxang Stilers | 3-3 | Gamba Osaka | ||
| 04/11 15:15 | Buriram Yunayted | 0-0 | Kashima Antlers | ||
| 04/11 18:45 | Arkadag‘ | 1-0 | Gol Gohar | ||
| 04/11 21:00 | Al-Vahda | 1-2 | Xolidiya | ||
| 04/11 22:00 | Kuvayt SK | 2-3 | Nasaf | ||
| 04/11 22:45 | AYEK | 2-3 | Real Madrid | ||
| 04/11 22:45 | Fenerbaxche | 3-2 | Liverpul | ||
| 05/11 01:00 | RB Leypsig | 2-3 | Manchester Siti | ||
| 05/11 01:00 | Slaviya | 1-2 | Arsenal | ||
| 05/11 01:00 | PSV | 1-2 | Bryugge | ||
| 05/11 01:00 | Borussiya D | 2-1 | Betis | ||
| 05/11 01:00 | Portu | 4-1 | Napoli | ||
| 05/11 01:00 | Lans | 1-9 | Komo | ||
| 05/11 01:00 | Viking | 4-1 | Sabah | ||
| 05/11 18:30 | Bunyodkor | - | Xorazm | ||
| 06/11 18:30 | So‘g‘diyona | - | Dinamo |
| Baho: |
+0; -0
|
"Andijon" jamoasi Superliganing 12-turida "Qo‘qon-1912"ga qarshi maydonga tushdi va so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan keyin "burgutlar" bosh murabbiyi Viktor Kumikov saytimiz uchun maxsus intervyu berdi.
– Dastlab, bugungi o‘yin haqidagi fikrlaringizni bildirib o‘tsangiz
– Avvallo chiroyli o‘yin namoyish etgani uchun yigitlarimga rahmat aytmoqchiman. Afsuski, omad biz tomonda bo‘lmadi. G‘alaba qozonish uchun gol urish kerak, lekin biz buni uddasidan chiqa olmadik.
– Uchrashuv yakuniga yaqin "Andijon" darvozasi tomon belgilangan penalti haqida nima deya olasiz?
– Penalti aniq yo‘q edi. Videoda buni ko‘rishingiz mumkin. Hakam penaltinini o‘ylab topdi. Hech qanday qoida buzarsiz to‘pga kurash bo‘lgandi, biroq hakam pul ishlashga harakat qilgandir..., chunki durang hakamning xatosi bo‘lardi.
– Jamoaning hujumda ishlari yurishmayapti. Nega haligacha kuchliroq forvard xarid qilinmadi?
– Pul yo‘q! O‘tgan yilgi qarzlar kimnidir xarid qilishga imkon bermaydi.
– Jamoaga yana qaytarilgan Shaxboz Jumaboyev haqida qanday fikrdasiz? U jamoaning hujumdagi ishlarini o‘zgartira oladimi?
– U hujumchilarda bor barcha xususiyatlarga ega, ammo Jumaboyev anchadan buyon o‘ynamadi va bunday vaziyatda mahorat yo‘qoladi.
– "Andijon" bu mavsum haligacha g‘alaba qozona olmadi. Bu sizni xavotirga solmayaptimi?
– Albatta, xavotirga solyapti. Ammo hammasi ham murabbiy yoki futbolchilarga bog‘liq emas. Ko‘p narsa gapirishni biladigan, ammo bajarmaydigan klub rahbariyatga ham bog‘liq.
– Legioner mahalliy futbolchidan bir bosh ustun bo‘lishi kerak, biroq "Andijon" jamoasidagi legionerlar ajralib turmayapti. Ularga javobini berish vaqti kelmadimi?
– Gapingiz to‘g‘ri, biroq bularning birortasini jamoaga men olib kelmaganman. Bularning barchasi menga "meros" sifatida o‘tdi. Men esa bor mahsulotdan taom tayyorlashim kerak.
– Keyingi o‘yin "Paxtakor" bilan. Shota jamoasining bugungi yirik g‘alabasi sizni tashvishga solmayaptimi?
– Yo‘q bundan tashvishda emasman. Rahbariyatning jamoaga bo‘lgan munosabati meni ko‘proq o‘ylantirmoqda. Ular ma’suliyatsiz. Bunday anarxiyaga birinchi marta duch keldim, hatto 90 yillar futboli bilan taqqoslaganda ham.
– Tushunishim bo‘yicha, jamoadagi holat, va rahbariyatning qarorlari sizga manzur kelmayapti. Unda iste’foga chiqing?!
– O‘ylaymanki, yaqinda shunday qilaman.
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|
|