Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Blog

Mazmun.uz — барчаси футбол учун

Mazmun.uz blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Transfer mojarosi: “Barselona” yana qing‘ir ishlarga aralashyaptimi?

Baho:
+0; -0

“Barselona” hali-haligacha Neymar mojarosidan butunlay tinchib ketgani yo‘q. chunki braziliyalik futbolchini xarid qilishda qo‘llangan ayyorlik hali-hamon Kataloniya klubi uchun tashvish tug‘dirib kelmoqda. Chunki o‘shanda “Santos” bilan ish osongina bitishiga ishonmagan “Barselona” rahbariyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri Neymar va uning otasi bilan uchrashib qo‘ya qolgan va futbolchini ko‘ndirib bo‘lgach, keyin “Santos”ga yuzlangandi. Bu esa “Santos”ga yoqmagan va ikki o‘rtada nizo kelib chiqqandi. Bora-bora bu “Neymar ishi” deya nom olgan mojaroga aylanib ketgandi.

Aftidan, bu voqealar “Barselona”ga saboq bo‘lmagan, shekilli, jamoa yana turli mojarolarga sabab bo‘lmoqda.

Dastlab Usmon Dembele voqeasiga to‘xtalib o‘tsak. Internet saytlarida “Barselona”ning aynan Bembele transferi borasida kelishuvga erishgani haqida xabar tarqalgandi va muxlislar bundan xursand ham bo‘lishgandi. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, “Barselona” bu borada faqat Dembelening o‘zi bilan kelishuvga erishgan, Usmonning hozirgi klubi “Borussiya” esa bundan bexabar yoki bunga ko‘nmagan. Har holda Dortmund klubi shunga o‘xshash da’volar bilan sudgo murojaat qilishini ma’lum qildi.

“Santos”dan sotib olingani ta’kidlanayotgan Lima transferi esa ikkinchi mojaroga sabab bo‘ldi. Boisi internet nashrlarida “Barselona” Limani sotib olish borasida kelishuvga erishgani haqida xabar chiqqach, hatto Limaning narxi ham ma’lum qilingach, “Santos”ning paytavasiga qurt tushdi. Neymar borasida yaxshigina pand yegan Braziliya klubi bu safar otni ertaroq qamchilab qolmoqchi. Har holda yaqinda internet nashrlarida yangi xabarlar paydo bo‘ldi, unga ko‘ra “Santos” ham xuddi “Borussiya” kabi “Barselona”ni sudga bermoqchi ekan.

Nima bo‘lganda ham “Barselona”ga ikkinchi “Neymar ishi” og‘irlik qiladi. Shunday ekan, umid qilamizki, bu safar katta mojaro yuzaga kelmaydi.

Kiritilgan sana: 23.06.2017 23:46. O'kildi: 10013 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик