«Everton» bosh murabbiyi Frenk Lempard gollandiyalik yarim himoyachi Donni van de Bek haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, Donni bu qishda «irischilar» safiga ko‘chib o‘tgan edi. U avvalroq «Manchester Yunayted»da ham o‘ynagan.
«Men van de Bekning o‘yinidan juda ham mamnunman. U ham o‘z formasidan, shu jumladan, jismoniy holatidan mamnun. U shubhasiz, yuqori darajadagi o‘yinchi.
Donni «Ayaks»da o‘ynaganida ham shunday edi. U sabr ko‘rsatdi va har qanday vaziyatdan chiqish yo‘li borligini isbotladi. Endi u baxtli», - deydi Frenk.