Kataloniyaning "Barselona" klubi "Borussiya" hujumchisi Erling Xolandni qo‘lga kiritish uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli va agentlik komissiyalarini to‘lashga tayyor ekanligi haqida ispaniyalik jurnalist Ferran Korreas xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, kataloniyaliklar bu haqda Xolandning agenti va otasiga ma’lum qilishgan.
Qayd etilishicha, "Barselona" futbolchining yiliga 20 million maosh va katta bonuslar taklif qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Erlingning vakillari yaqin vaqtlar ichida yakuniy qarorga kelishadi.
Avvadroq, Xoland "Real" bilan dastlabki shartnoma borasida kelishib olganligi haqida xabarlar tarqalgandi.