Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Angliyaning "Liverpul" hamda Fransiyaning "PSJ" klublari o‘rtasidagi javob uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda mehmonlar minimal hisobda g‘alaba qozondi - 1:0 (4:1 penalti).
"PSJ"ga asosiy vaqtdagi g‘alabani 12-daqiqada gol urgan fransiyalik hujumchi Usmon Dembele keltirdi. Shu tariqa asosiy vaqt 1:0 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda gol urilmadi. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida "PSJ"ning qo‘li baland keldi - 4:1.
Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv safarda mersisaydliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘sha uchrashuvdagi yagona golni yarim himoyachi Xarvi Elliot kiritgandi.
Shu tariqa "PSJ" Chempionlar Ligasi chorak finaliga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda Luis Enrike jamoasi "Aston Villa" - "Bryugge" juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. Birinchi o‘yin 3:1 hisobida inglizlar foydasiga hal bo‘lgandi.