"France Football" jurnali bosh muharriri va «Oltin to‘p» mukofoti rahbari Vensan Garsiyaning ma’lum qilishicha, ovoz berish jarayonida uzoq vaqt davomida Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe peshqadamlik qilgan.
Biroq yakunda 2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti Myunxenning «Bavariya» klubi hamda Angliya terma jamoasi markaziy hujumchisi Harri Keynga nasib etdi.
«Men bir oy davomida ovoz berish natijalarini real vaqt rejimida kuzatib bordim. Kilian Mbappe uzoq vaqt peshqadam bo‘ldi, ammo Harri Keyn vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Yakunda g‘olib juda-juda kam ochkolar farqi bilan aniqlandi!» — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘ida.













