«Manchester Siti» va Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Samir Nasri Harri Keynga «Oltin to‘p» mukofoti topshirilgani haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Rostini aytsam, bu yil mukofotni kuchli beshlikdagi istalgan futbolchiga berish mumkin edi. Mayli, Harri Keynning statistik ko‘rsatkichlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
U fantastik futbolchi, juda ko‘p ijobiy fazilatlarga ega. Ammo u hech qachon ajoyib mavsum o‘tkazib, jamoasini oldinga boshlaydigan yoki bir o‘zi o‘yinni yutib beradigan futbolchi bo‘lmagan. Haqiqatan ham muhim o‘yinlarda u ko‘pincha biroz oqsaydi», — dedi Nasri Canal+ telekanali efirida.













