Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Xitoyning Dongpeng va Mengniu kompaniyalari bilan homiylik shartnomalaridan ayrildi. Bu holat futbolchining mem haqidagi izohi aks etgan video internetda tarqalganidan keyin yuz berdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Videoda Mbappedan eng kulgili mem haqida so‘ralgan. Futbolchi uning yuzi «qandaydir yigitning — nazarimda, xitoylik diktatorning» suratiga joylashtirilgan mem eng kulgili ekanini aytgan. Taxminlarga ko‘ra, u Xitoyning sobiq rahbari Mao Szedunni nazarda tutgan.
Ichimliklar ishlab chiqaruvchi Dongpeng kompaniyasi futbolchi bilan hamkorlikni to‘xtatganini e’lon qildi. Kompaniya bunday qarorini milliy qadr-qimmatni kamsituvchi xatti-harakatlarga nisbatan mutlaqo murosasizlik siyosati bilan izohladi.
Xitoyning eng yirik sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Mengniu kompaniyasi ham shunga o‘xshash bayonot bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin Mbappe 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda «Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keynga mag‘lub bo‘lib, ikkinchi o‘rinni egallagan edi.













