"Chelsi"ning qanot hujumchisi Estevao Villian Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi e’tiboriga tushdi. Bu haqda But! Football Club xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "PSJ" 19 yoshli braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Biroq parijliklar ro‘yxatida boshqa futbolchilar ham borligi ta’kidlanmoqda. Jumladan, "Atletik" vakili Niko Uilyams ham ular qatorida.
Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, "PSJ" qishki transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun taxminan 80 million yevro sarflashni rejalashtirmoqda.
Estevao joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida sakkizta uchrashuvda ishtirok etdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi. Futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan.













