"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik hozircha o‘z lavozimida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Lori Uitvell xabar berdi.
Avvalroq mutaxassis 27 oktyabr kuni ertalab klubning mashg‘ulot bazasiga kelgani va jamoa mashg‘ulotini o‘tkazishi kerakligi ma’lum bo‘lgan edi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" rahbariyati Kerrikning kelajagini muhokama qilishda davom etmoqda va murabbiy borasida hozircha yakuniy qarorga kela olmayapti. Qayd etilishicha, aynan shu sababli mutaxassis hanuz o‘z lavozimida ishlashda davom etmoqda.
31 oktyabr, shanba kuni "Manchester Yunayted" safarda "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi. Angliya Premyer-ligasining to‘qqizinchi turi doirasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.













