«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Xitoyda katta norozilikka sabab bo‘lgan hazili uchun uzr so‘radi.
Fransiyalik futbolchi intervyulardan birida o‘zini Mao Szedunga qiyoslagan memga kulib munosabat bildirgan. Ushbu holat Xitoyda keskin e’tirozlarga sabab bo‘lgan.
«Yaqindagi intervyuda o‘z suratimga munosabat bildirdim. Izohim o‘ylanmagan edi. Endi bu so‘zlarim Xitoyda va butun dunyodagi xitoyliklarni xafa qilganini tushundim.
Hech kimni ranjitish niyatim yo‘q edi. Xitoy xalqi va uning tarixini chuqur hurmat qilaman. Barchadan chin dildan uzr so‘rayman», — dedi Mbappe.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, mojarodan so‘ng Xitoyda Ispaniya La Ligasi o‘yinlari translyasiyasi to‘xtatilishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan.













