Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Odil Ahmedov Namanganda futbol akademiyasini ochadi

Odil Ahmedov Namanganda futbol akademiyasini ochadi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Odil Ahmedov 2017 yilda Namanganda o‘zining shaxsiy futbol akademiyasini tashkil qiladi. Bu haqda futbolchi "Oriat Dono" radiosining "Choy ustida" dasturi orqali ma’lum qildi.

"Haqiqatan ham Namagangada futbol akademiyasini ochmoqchiman. Bu masalada viloyat hokimi bilan gaplashdim. Nasib qilsa, 2017 yilning yozida Farg‘ona vodiysi bo‘ylab sinov tashkil qilib, iqtidorli futbolchilarni akademiyaga jalb qilmoqchimiz. Bu orqali Vodiy futbolining rivojiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.

Akademiyaga qabul qilishda asosiy e’tiborni bolaning qobiliyatiga qaratiladi. Faqat Vodiydan emas, yurtimizning boshqa viloyatlaridan ham bolalarni qabul qilamiz. Yuqorida aytib o‘tganimdek, Vodiydan yaxshi futbolchilarning yetishib chiqishini istaymiz.

Yaxshi futbolchi yetishib chiqishi ko‘p jihatdan murabbiyga bog‘liq. Akademiyaga ishini yaxshi ko‘radigan murabbiylarni qabul qilamiz. Hozirda ko‘p murabbiylar faqat maosh uchun ishlashadi. Futbolni va o‘z ishini yaxshi ko‘radigan murabbiylar ko‘p emas.

Shuningdek, xorijlik murabbiylar bilan gaplashganman, ular O‘zbekistonga tashrif buyurib, menga yordam berishga va’da berishdi. Yosh futbolchilarni malaka oshirish uchun "Krasnodar"ga yuborishni reja qilib qo‘yganman. Shunda yaxshi natijaga erishishimiz mumkin", - deydi Odil Ahmedov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:52, 28.12.2016.
O'qildi: 9218 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.