APLning 20-turida "MYU"ga qarshi uchrashuvda "Vest Hem" yarimhimoyachi Sofyan Fegulining maydondan chetlatilishi yuzasidan london jamoasi apellyasiya bermoqchi, deya xabar beradi Sky Sports.
Londonliklar uchrashuvning 15-daqiqasida o‘n kishi bo‘lib qolganlar va natijada 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldilar.
Bu vaziyatda Feguli to‘pni o‘zidan biroz uzoqlashtirib yubordi va to‘g‘ri oyoq bilan Fil Jonsga tashlandi, buning uchun hakam Mayk Dindan qizil kartochka oldi.