Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z avtoparki bilan maqtandi.
41 yoshli hujumchi mashinalari fonida suratga tushib, surat ostiga qisqacha: «Mening o‘yinchoqlarim», deb yozib qoldirdi.

Avvalroq Krishtianu Ronaldu 8 avgust kuni Madeyra orolida Jorjina Rodrigesga uylanishi haqida ma’lumot berilgan edi.













