Vinger Yan Diomande hafta oxirigacha «RB Leypsig»ni «Real»ga almashtirishi kerak. Matbuotda seshanba kuni klublar o‘rtasida ijobiy muzokaralar bo‘lib o‘tgani va shundan so‘ng bitimning yakunlanishi juda yaqinlashgani haqida yozishgan edi.
Jurnalist Pepe Alvares ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Diomande «Real» tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Bonuslarni hisobga olganda, summa 135,8 million yevrodan oshishi mumkin.
Agar nufuzli Transfermarkt portali ochilib, u yerda «Real» tarixidagi eng qimmat xaridlarga qaralsa, top-3 quyidagicha ko‘rinadi: Jud Bellingem (127 million yevro), Eden Azar (120,8 million yevro), Garet Beyl (101 million yevro).













