Qatar yulduzlar ligasining ikkinchi davrasiga start berildi. Yaqinda "Al-Xaraytiyat" klubi a’zosiga aylangan Sanjar Tursunov, yangi jamoasida debyut o‘yinini o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik futbolchi Xavining "As-Sadd"iga qarshi o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi va 82-daqiqaga qadar maydonda harakat qildi.
Bahsning 74-daqiqada Ibrohim Majid tomonidan urilgan gol "As-Sadd"ga g‘alaba keltirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Xavi jamoadoshlari o‘z ochkolarini 34taga yetkazib, 2-o‘rinni mustahkamlab olishdi. "Xaraytiyat" esa 12 ochko 11-o‘rinni egallab turibdi. Tursunov jamoasi navbatdagi bahsni 8 yanvar kuni "Al-Vakra"ga qarshi o‘tkazadi.