Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted»ga Kone transferi bo‘yicha ultimatum qo‘yildi

«Manchester Yunayted»ga Kone transferi bo‘yicha ultimatum qo‘yildi

Baho:
+ | -

Manu Kone hanuz «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadlari ro‘yxatida turibdi, ammo muzokaralar hozircha oldinga siljigani yo‘q.

Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, «Roma» 25 yoshli yarimhimoyachini 31 iyulga qadar sotib yubormoqchi. Bu rimliklarga moliyaviy feyr-pley (FFP) talablarini bajarish va UYEFA oldidagi majburiyatlarini yopish uchun zarur. «Roma» o‘z futbolchisini 60 million yevrga baholamoqda.

Kone 2026 yilgi jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safida yorqin o‘yin ko‘rsatgach, top-klublar e’tiborini tortdi. Xabarlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan, ammo «Roma»ga hali rasmiy taklif bilan chiqmagan.

«Manchester Yunayted» rahbariyati ichida Kone nomzodi bo‘yicha yagona to‘xtam yo‘q. The Telegraph ma’lumotiga ko‘ra, klub mutasaddilarining hammasi ham bu transferni qo‘llab-quvvatlamayapti.

Shuningdek, fransuz futbolchisiga «MYU»dan tashqari «Arsenal» va «Chelsi» klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

 

Kiritildi: 18:37, 25.07.2026.
O'qildi: 2495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик