Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ahmedovning yangi klubi – transferlar bo‘yicha rekordchi

Ahmedovning yangi klubi – transferlar bo‘yicha rekordchi

Baho:
+ | -

«Shanxay SIPG» klubi tomonidan hamyurtimiz Odil Ahmedov transferi uchun «Krasnodar»ga to‘langan 7 million yevro ozmi yoki ko‘p? Agar Xitoy klublariga tegishli eng qimmatbaho xaridlar reytingiga qarasak, Odilning transferi 40-50-qatorlar o‘rtasidan joy oladi. Umuman, milliy jamoamiz sardori Chin yurtidagi eng qimmatbaho osiyolik futbolchi ham emas. Harqalay, Xitoy va Janubiy koreyalik bir qator o‘yinchilar narx bobida oldindalar. Lekin 2016 yilning ikkinchi yarmida osmono‘par mamlakat milliy chempionati - super-ligaga bog‘liq asosiy transferlar aynan Ahmedovning yangi klubiga tegishli. Boshqacha aytganda, «Shanxay SIPG» xaridlar masalasida mutlaq rekordchi bo‘lib turibdi. Shanxayliklar avvaliga Xalkni sotib olish orqali rekord o‘rnatishgandi. Yaqinda esa, ya’ni Odil Ahmedov bilan shartnoma tuzishlaridan oldin braziliyalik Oskarni ham Xitoyda to‘p surishga ko‘ndirib, yuqori ko‘rsatkichni yangilashdi.

Osmono‘par yurtdagi «oltin talvasasi» qachon tugaydi?

To‘g‘ri, xitoyliklar Karlos Teves transferi uchun «atigi»10,5 million yevro to‘lashdi. Ammo ikki yillik shartnomaga asosan, argentinalik faxriy hujumchining o‘ziga naq 80 million yevro berishlarini unutmaslik kerak. Xullas, Karlos Teves qit’adoshlarimizning hotamtoyliklari o‘laroq, jahon futbolida eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchiga aylandi-qo‘ydi. Aytish joiz, gap-so‘zlarga qaraganda, xitoyliklar hattoki, sayyoramizdagi asosiy ikki yulduz - Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga ham «ko‘z olaytirishgan». Biroq «Oltin to‘p»ning ko‘p karra sohiblari atrofidagi xabarlar hozircha shunchaki, reklama aksiyasidek ko‘rinmoqda. Bu gap ayniqsa, eng ilg‘or futbol agentlaridan biri - Jorje Mendeshning bayonotiga daxldor. Xullas, Krishtianu Ronalduning ishini olib boruvchi shu agentning aytishicha, Xitoy klublaridan biri «Real» bilan aloqaga chiqqan va portugaliyalik futbolchi uchun naq 300 million yevro taklif etgan. Krishtianuning o‘ziga esa umumiy qiymati 500 million yevroga teng 5 yillik shartnoma tayyorlab qo‘yilganini ma’lum qilgan.

Arda Turon, Pepe, Lukas Podolski kabilarning transferi xususidagi gaplarga esa ishonish mumkin, harqalay. Xitoy super-ligasi rahbariyati va mamlakat futbol assosiasiyasi tomonidan angliyalik hakam Mark Klattenburgning xizmatlariga qiziqish bildirilayotgani ham haqiqatdir, balki. Har qanday holatda ham, aholisi eng ko‘p yurt futbolida boshlangan va oxiri ko‘rinmayotgan «oltin talvasasi» abadiy davom etmaydi, baribir. Zero, u yerda xorijliklarga nisbatan cheklov ham bor. Qolaversa, yangi mavsumdan limit me’yorini qisqartirishdi. To‘g‘ri, klublar mavsum «zayavka»siga hamon 5 nafar legioner futbolchi kiritish huquqiga egalar (ulardan biri Osiyo mamlakatlari fuqarosi bo‘lishi kerak). Biroq endilikda maydonga xorijliklardan 4 nafarini tushirishlari mumkin, xolos. Boshqacha aytganda, tarkibda mavjud 5 nafar legionerdan birdaniga foydala olishmaydi.

«Shanxay guli» ochiladimi?

Karlos Tevesning yangi qo‘nimgohi - «SIPG» 1993 yili tuzilgan bo‘lib, u ulkan Shanxaydagi birinchi professional futbol jamoasi sanaladi. E’tiborli jihati, klub oradan atigi 2 yil o‘tib, mamlakat chempioni maqomini olgan. Biroq shanxayliklar shundan buyon bu natijani qayta takrorlay olishmadi. To‘g‘ri, jamoaning ikki asr almashuvi oralig‘ida naq 7 marta 2-o‘rinni egallaganini alohida qayd etish kerak. O‘sha korrupsion mavsumlarda uning oltin medal yutishiga barchani birdek «qaqshatgan» «Dalyan Shayd» xalaqit bergandi. Aytgancha, 2004 yili bizga yaxshi tanish Valeriy Nepomnyashiy aynan Shanxay jamoasini boshqargan, ammo omadsiz. Ya’ni milliy jamoamiz sobiq bosh murabbiyi «Shanxay guli» (klubning xitoycha nomi aynan shunday ma’noga ega)ni chempionlik sari yetaklay olmagan. 2012 yili «Shanxay» hujum chizig‘ida bir vaqtning o‘zida Nikolya Anelka va Didye Drogba kabi goleadorlar to‘p surishgandi. Ular Xitoyga tasodifan borib qolmaganlar, albatta. Zero, ayni o‘sha vaqt klub rahbariyati almashgandi. Yangi xo‘jayinga aylangan Greenland Holdings kompaniyasi hozirgacha «SIPG»ni talab darajasida moliyalashtiryapti. Greenland Holdings - jahondagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri hisoblanadi. U qisman Xitoy hukumatiga tegishli. Kompaniya avvaliga Shanxayni obodonlashtirish bilan shug‘ullangan, 2013 yili esa dunyo bozoriga chiqdi va endi London, Nyu-York, Sidney, Toronto kabi shaharlarda ospono‘par inshootlarni bunyod etmoqda. Xullas, Greenland Holdingsning byudjeti 60 milliard dollardan ko‘p. Ushbu mablag‘ning sezilarli qismi Xitoy futbolini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:18, 07.01.2017.
O'qildi: 19108 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.