Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

«Navbahor» nazorat o‘yinida «Olmaliq»ni yengdi

«Navbahor» nazorat o‘yinida «Olmaliq»ni yengdi

Baho:
+ | -

Bugun “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda “Navbahor” va “Olmaliq” jamoalari o‘rtasida nazorat o‘yini o‘tkazildi.

Uchrashuvning dastlabki 45 daqiqasida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Alisher Mahmudov Azizbek Turg‘unboyevning o‘ng qanotdan oshirib bergan to‘pini darvozaga yo‘llab hisobni ochdi. Uchrashuv yakuniga qadar ushbu hisob saqlanib qoldi Shu tariqa «Navbahor» 2017 yildagi dastlabki nazorat o‘yinida 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

«Navbahor» o‘yinni quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Akmal Tursunboyev, G‘iyos Komilov, Hasanboy Ergashev, Abbos Otaxonov, Tohir Shamsitdinov, A’zam Aliyev, Dilshod Jabborov, Zohir Pirimov, Islom Isoqjonov, Farruh Shotursunov, Ravshan Xursanov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Alisher Mahmudov, Alisher Samatov, Alisher Mirzayev, Ilhom Boydedayev, Azizbek Turg‘unboyev, Abdulaziz Sultanov.

“Olmaliq” bilan o‘tgan uchrashuvda jamoa safiga bugun kelib qo‘shilganliklari uchun Jahongir Mehmonov va Ro‘zimboy Ahmedov maydonga tushmadi. Shuningdek, Mirzohid G‘ofurov ham o‘yinni kuzatish bilan cheklandi. Ertadan «Navbahor» a’zolari yana ikki mahaldan shug‘ullanishni davom ettirishadi. Navbatdagi nazorat o‘yini esa 13 yanvar kuni Muborakning “Mash’al” klubiga qarshi o‘tkaziladi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:05, 09.01.2017.
O'qildi: 6695 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик