Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

No‘’mon Hasanov: “Baxtli daqiqalar uchun futboldan bir umrga minnatdorman”

No‘’mon Hasanov: “Baxtli daqiqalar uchun futboldan bir umrga minnatdorman”

Baho:
+ | -

Quyida “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi No‘’mon Hasanovning futbol haqidagi falsafiy fikrlarini taqdim etamiz.

– Murabbiy o‘yin “sxemasi”ni o‘zida mavjud futbolchilarga qarab tuza olmaydi. Bu jihat bemazmun va kelajaksizdir. Taraqqiyot esa, murabbiy o‘yin modelini oldindan tasavvur qilib, shunga yarasha ijrochilarni tanlaganidagina bo‘ladi.

– O‘yin yoddan chiqadi, natijasi esa abadiy qoladi. Futbolning bor mazmuni natijadadir.

– Murabbiy butun umri davomida o‘qishi – izlanishi lozim. Kim o‘rganmay qo‘ydimi – u murabbiy emas. Vaqtni aldab bo‘lmaydi

– Murabbiylik o‘yinchi bo‘lishdan ko‘ra qiyinroq. Maydonda sen to‘pni boshqarasan, maydon chetida esa insonlarni boshqarishga to‘g‘ri keladi.

– Futbol rivojlanishiga muxlislar “yulduz” deb ataydigan o‘yinchilar katta zarar yetkazadi. Ular mashg‘ulotlarda yanada kuchliroq bo‘lish uchun shug‘ullanish o‘rniga o‘z iqtidorlarini ekspluatasiya qiladilar.

– Men – murabbiyman. Bu kasb – hayotim mazmunidir.

– Men o‘z kasbimni sevaman. Men uchun uni yanada chuqurroq egallash yo‘lida izlanish kelajakda qaysi jamoani boshqarish xususida bosh qotirishdan ko‘ra maroqliroq.

– Mavjud to‘siqlarni bartaraf etish uchun bugungi jamiyatimizga nafaqat muammoni to‘liq his etish, balki sog‘lom fikrlash ham yetishmaydi. Ya’ni, g‘oliblarga xos fikrlash. Uni shakllantirish uchun g‘alaba sari eltadigan yo‘lni topish kerak. Futbolchilardagi g‘oliblik ruhi natijalarda emas, ularning fikrlashi va munoabatlarida aks etadi. Uni shakllantirish – qisqa vaqt ichidagi yumush emas. U uzoq va mashaqqatli mehnat evaziga yuzaga keladi.

– Doimo xolislikka intilaman.

– Murabbiylik kasbi juda murakkab. Qoidaga ko‘ra doimo biz aybdormiz.

– Menga hech qachon murabbiylar aziyat chekmaydilar, deb aytmang. Faqat ishlamaydigan odamgina aziyat chekishdan xoli bo‘lishi mumkin.

– Mashg‘ulotlarim shogirdlarimga yoqishini istayman. Klubning barcha a’zolari, muxlislar mehnatim mevasini ko‘ra olsalar, o‘zimni baxtiyor his etaman. Mashg‘ulotlar jarayoniga hech kimning befarq emasligi menga yoqadi.

– Doimo jamoam kuchli bo‘lishini istayman: mustahkam himoya qo‘rg‘oni va tezkor qarshi hujum. To‘pning harakati qanchalik tez bo‘lsa, undan shunchalik ko‘p zavq olaman.

– Ochkolarni qo‘lga kiritish – jarohatlarga qarshi eng samarali dori.

– Muvaffaqiyat doimo bizning boshimiz va qalbimizda bo‘lishi darkor.

– Iqtidor – mehnatsevarlik va tirishqoqlik mahsuli. Bu borada muntazam izlanmaslik hech narsaga olib kelmaydi.

– Orzuga ayb yo‘q. Bu har bir kishi uchun muhim jihat. Lekin har doim imkoniyatga xolis baho berish kerak.

– Murabbiy yechinish xonasining nozik jihatlarini aniq his etishi shart. Agar u shogirdlariga ortiqcha erkinlik berib qo‘ysa, ular oldidagi nufuziga putur yetishi mumkin.

– Murabbiy hech qachon tushkunlik holatiga tushmasligi lozim. Uchrashuv arafasida mag‘lubiyat haqida o‘ylagan jamoa hali o‘ynamay turib uni boy bergan bo‘ladi.

– O‘yin uslubi har qanday taktika va tarkib tanlashdan ko‘ra muhimroqdir.

– Tirishqoq va o‘ziga ishongan futbolchi har qanday raqibdan ustun kela oladi.

– G‘alaba – ulkan shodu xurramlik. Ammo uni qay tariqa qo‘lga kiritilgani ham muhim ahamiyatga ega. Biz o‘z muxlislarimizga chinakam spektaklni taqdim etishimiz lozim. Chunki sermazmun o‘yin har qanday kishini o‘ziga rom etadi. Bu esa muhitga ijobiy ta’sir etadi.

– Men jamoaviy o‘yin tarafdoriman. O‘z shogirdlarimni asosiy va zaxira o‘yinchilariga ajratmayman. Jamoa bilan ishlashni xush ko‘raman, alohida futbolchilar bilan emas.

– Men uchun eng quvonarli hol – kamolotga erishayotgan futbolchilar va rivojlanib borayotgan jamoani ko‘rish.

– Har bir lahza, har bir qadam, har bir golning qadriga yetaman. Muvaffaqiyatning garovi aynan shunda. Shu paytgacha menga bergan va hamon berishda davom etayotgan baxtli daqiqalar uchun futboldan bir umrga minnatdorman.

– Futbol sustkashlikni yoqtirmaydi. Chunki natija doimo muhim.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 06:20, 12.01.2017.
O'qildi: 7633 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.