Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Abbos Otaxonov: "Mo‘minjonov tufayli "Navbahor"ga keldim"

Abbos Otaxonov: "Mo‘minjonov tufayli "Navbahor"ga keldim"

Baho:
+ | -

Toshkentning “Paxtakor” klubi himoyachisi Abbos Otaxonov ayni damda Namanganning “Navbahor” jamoasi safida ko‘rikdan o‘tmoqda.

"Mash’al"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng hamkasbimiz Otoxonovning fikrlari bilan qiziqdi.

“Bugun qishki yig‘indagi ikkinchi nazorat uchrashuvimizni "Mash’al"ga qarshi o‘tkazdik", - deb gap boshladi A. Otaxonov.

"Ushbu bahs "Olmaliq" bilan o‘yinga qaraganda biroz og‘ir o‘tdi. Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik olib boryapmiz. Kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar bo‘lmoqda. Ko‘proq jismoniy holatimizga e’tibor qaratganmiz. “Paxtakor” klubidan ketishimga hech qanday sabab bo‘lmadi. Ikki tomonning kelishuviga ko‘ra “Navbahor” klubiga ijara asosida ko‘chib o‘tdim. Lekin hozircha shartnoma imzolanmadi. Boshqa jamoalardan ham taklif bor edi. Lekin ushbu klubda “Paxtakor”ning sobiq murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov bosh murabbiy bo‘lgani uchun “Navbahor” variantini tanladim. Bu klubga meni Ilhom Mo‘minjonov chaqirdi”, - deydi Abbos Otaxonov.

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 18:22, 14.01.2017.
O'qildi: 6119 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик