Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

La liga. «Barselona» «Eybar» to‘sig‘idan oson o‘tdi

La liga. «Barselona» «Eybar» to‘sig‘idan oson o‘tdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 19-turi doirasida "Eybar" maydonida mehmon bo‘lgan "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozondi.

"Eybar" o‘z maydonida har qanday jamoaga jiddiy qarshilik ko‘rsata oladigan jamoa. Mezbonlar birinchi bo‘limning o‘rtalarigacha "Barsa" futbolchilariga nisbatan kuchli pressing namoyish qilib, ularga o‘z o‘yinlarini topib olishga imkoniyat bermadi.

O‘yinning 32-daqiqasida kataloniyaliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Messining jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasidan keyin to‘p himoyachiga tegib qaytdi. Denis Suares esa 22 metrlardan aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Enrike shogirdlari tanaffusga qadar hisobni yirik ko‘rinishga keltirishlari mumkin edi. Biroq yakkama-yakka vaziyatda Neymarning zarbasini "Eybar" posboni qaytargan bo‘lsa, Luis Suaresning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Messi o‘z imkoniyatidan samarali foydalandi. Leo to‘pni Luis Suaresga uzatdi va o‘zi mehmonlar jarima maydonchasi tomon yugurdi. Urugvaylik futbolchi o‘z vaqtida jamoadoshi tomon uzatma berdi. Messi darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda to‘pni darvozaga joyladi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Luis Suares ham o‘z hisobiga gol yozishga muvaffaq bo‘ldi. U raqib himoyachisidan to‘pni olib qo‘yib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va yaqin burchakni aniq nishonga oldi.

So‘nggi daqiqalarda maydon egalari ikki marta gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Ammo bir vaziyatda Ter Shtegen, ikkinchisida esa noaniq zarba to‘pning darvozadan o‘rin olishiga xalal berdi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Neymar ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:4.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona" o‘z ochkolarini 41taga yetkazdi va jamoa birinchi davrani 3-o‘rinda yakunlamoqda. "Ko‘k-anorranglilar" "Real"dan 2, "Sevilya"dan 1 ochko ortda qolishmoqda.

Ispaniya La ligasi, 19-tur
Eybar – Barselona 0:4 (0:1)
Gollar: 0:1 – 31 Suares, 0:2 – 50 Messi, 0:3 – 68 Suares, 0:4 – 90 Neymar.
Eybar – Yoel, dos Santos, Luna (Rivera, 82), Kapa, Lejen, Eskalante, Dani Garsiya, Gonsales (Riko, 74), Leon, Inui (Penya, 78), Enrik.
Barselona – ter Shtegen, MatYE, Umtiti, Alba, Serji Roberto (Aleish Vidal, 65), Rakitich, Buskets (Suares, 10), Turan, Neymar, Messi, Suares (Pako Alkaser, 76).
Ogohlantirishlar: Eskalante (26), Kapa (39), Turan (42), Enrik (44).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:38, 23.01.2017.
O'qildi: 12846 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.