"Manchester Yunayted"ning sobbiq himoyachisi Fil Nevill jamoa yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtaygerning professionalligiga tan berdi.
Shvaynshtayger bir yillik tanaffusdan so‘ng "qizil iblislar"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Bu Angliya kubogining 1/16 finalida "Uigan"ga qarshi uchrashuvda sodir bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, 4:0 hisobida tugagan uchrashuvda nemis futbolchisi bitta gol urib, bitta golga to‘p oshirdi.
"Agar tarkibdan chetda qolsangiz va o‘zingizni qanday tutishni bilmasangiz - Shvaynshtaygerga qarang", - deydi Nevill.