«Portu» darvozaboni Iker Kasilyas «Chelsi»dagi hamkasbi Tibo Kurtuani eng yaxshi posbon deb hisoblamoqda.
«Hozir Kurtua – eng yaxshi darvozabon. Belgiyalik futbolchi «Chelsi»da ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda. So‘nggi yillarda uning o‘yini ancha barqarorlashdi. Tibo «Real» uchun ajoyib xarid bo‘lardi» - dedi Iker Marca xabarida.
Avvalroq, Kurtua «Real» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabarlar chiqqan edi.