Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston Kubogi - 2017 reglamenti e’lon qilindi

O‘zbekiston Kubogi - 2017 reglamenti e’lon qilindi

Baho:
+ | -

O‘FF anjumanlar zalida O‘zbekiston Kubogi yangi mavsumiga qur’a tashlandi.

Birinchi bosqich – saralash bosqichi.

Bu yilgi O‘zbekiston Kubogi o‘yinlari mart oyida start oladi va O‘zbekiston Kubogi 1/16 finaliga Birinchi Ligadan yo‘llanma oladigan klublar aniqlanadi. Raqiblar O‘zPFL tomonidan tashlangan qur’aga ko‘ra aniqlanadi. Raqiblar mintaqaviy prinsipga ko‘ra aniqlanadi va qur’a natijalariga ko‘ra, setkaning yuqori qismidan o‘rin olgan jamoa mazkur bosqichda mezbon sifatida harakat qiladi.

Ikkinchi bosqich. 1/16 final.

Mazkur bosqichda Oliy Liga va Birinchi Liga jamoalari, shuningdek, dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan Birinchi Liga jamoalari ishtirok etishadi. Qur’aga ko‘ra, mazkur bosqichda ishtirok etadigan jamoalar 1dan 14gacha raqamda setkadagi o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishdi. O‘tgan yilgi O‘zbekiston chempioni – “Lokomotiv” PFK hamda kumush medal sohibi “Bunyodkor” klublari turnirga 1/8 final bosqichidan qo‘shilishlari bois, mazkur bosqichda ishtirok etishmaydi.

Ushbu bosqich o‘yinlari bir o‘yindan iborat va bu bosqichda setkaning yuqori qismidan o‘rin olgan jamoalar, ya’ni Birinchi Liga jamoalari mezbonlik qilishadi.

Ta’kidlash joiz, dastlabki ikki bosqich o‘yinlari asosiy vaqtda durang bilan yakunlansa, reglamentga binoan tanaffussiz 15 daqiqadan iborat ikkita qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt orasidagi tanaffus 5 daqiqadan oshmasligi kerak. Agar qo‘shimcha vaqtda ham durang natija qayd etilsa, u holda g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadi.

1/8 final.

Ishtirok etadilar: 1/16 final g‘oliblari, qur’aga ko‘ra setkaning ikki qismidan joy olgan “Lokomotiv” PFK, “Bunyodkor” PFK klublari ham o‘z ishtirokini aynan ushbu bosqichdan boshlaydilar. Ta’kidlash joiz, “Lokomotiv” PFK setkaning I qismidan o‘rin olgan bo‘lsa, “Bunyodkor” PFK setkaning II qismidan o‘rin oldi. Ushbu bosqich o‘yinlari ikki o‘yindan iborat tarzda o‘tadi va dastlabki o‘yinga turnir setkasining yuqorisidan o‘rin olgan klublar mezbonlik qiladi.

1/4 final.

Ishtirok etadilar: 1/8 final g‘oliblari. Juftlik g‘oliblari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra aniqlanadilar. Uy-safar tartibi qur’aga ko‘ra aniqlanadi.

½ final.

Ishtirok etadilar: ¼ final g‘oliblari. G‘olib ikki o‘yin natijasiga ko‘ra aniqlanadi va dastlabki o‘yinga qaysi jamoa mezbonlik qilishi qur’aga ko‘ra aniqlanadi.

O‘zbekiston Kubogi – 2017.

Dastlabki bosqich. 19 mart
«G‘allakor-Barsa” (G‘allaorol) – “Neftchi” (Jarqo‘rg‘on)
“Istiqlol” (Farg‘ona) – “Yangiyer” (YAngiyer)

1/16 final. 24-25 mart
«Norin» (Xaqqulobod) – «Qizilqum» (Navoiy)
«Orol» (Nukus) – «So‘g‘diyona» (Jizzax)
«Uz-Dong-Ju» (Andijon) – «Buxoro» (Buxoro)
«G‘allakor-Barsa» - «Neftchi» juftligi g‘olibi - «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)
«NBU-Osiyo» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod)
«Nurafshon» (Buxoro) – «Paxtakor» (Toshkent)
«Lokomotiv-BFK» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi)
«Zomin» (Zomin) – «Dinamo» (Samarqand)
«Sementchi» (Quvasoy) – «Olmaliq» (Olmaliq)
«Yoz’yovon-Lochinlari» (YOz’yovon) – «Obod» (Tashkent)
«Istiqlol» - «Yangiyer juftligi g‘olibi – «Mash’al» (Muborak)
«Andijon» (Andijon) – «Neftchi» (Farg‘ona)
«Xorazm» (Urganch) – «Navbahor» (Namangan)
«Xotira-79» (Uychi) – «Sho‘rtan» (G‘uzor)

“Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” musobaqaga 1/8 finaldan qo‘shiladilar. Qur’aga ko‘ra “Lokomotiv” turnir setkasining yuqori qismidan o‘rin olgan bo‘lsa, “Bunyodkor” pastki qismdan o‘rin oldi.

1/8 final:
«Lokomotiv» - «Norin» - «Qizilqum» juftligi g‘olibi.
«Bunyodkor» - «Xotira-79» - «Sho‘rtan» juftligi g‘olibi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:10, 01.02.2017.
O'qildi: 8627 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.