"PSJ" yarim himoyachisi Dro Fernandes "Barselona"ni tark etib, Parij klubiga o‘tish qarori haqida fikr bildirdi.
Jurnalist futbolchidan yanvar oyida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va rivojlanish maqsadida "Barselona"dan ketgani, ammo hozir "PSJ"da ham zaxirada qolayotganini eslatib, o‘sha qaror xato bo‘lgan-bo‘lmaganini so‘radi.
"Bilmayman... Balkim.
O‘sha paytda bu faoliyatim uchun to‘g‘ri qaror deb hisoblagandim. Ko‘proq o‘ynashni va rivojlanishni istadim. Ammo futbol har doim ham sen tasavvur qilgandek kechavermaydi. Endi men faqat ishlashda davom etishim va keyin nima bo‘lishini kuzatishim mumkin", — degan Dro.
18 yoshli futbolchi 2026 yil yanvarda "Barselona"dan "PSJ"ga o‘tgan. Parijliklar uning transferi uchun 8 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lagani xabar qilingan. O‘tish vaqtida Dro "PSJ"ni futbolchi sifatida rivojlanishi uchun eng yaxshi joy deb hisoblashini aytgan edi.













