Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Lamin Yamal “Real”ni tanqid qildi

Lamin Yamal “Real”ni tanqid qildi

Baho:
+ | -

“Barselona” futbolchisi Lamin Yamal “Real”ning hakamlik borasidagi e’tirozlariga javob qaytardi. Ispaniyalik futbolchi madridliklarning so‘nggi yillardagi natijalariga ishora qilib, jamoaning La Ligada chempion bo‘la olmayotgani o‘z muammosi ekanini aytdi.

“ ‘Real’ ikki yildan beri La Ligada g‘olib bo‘la olmayotgan bo‘lsa, bu ularning muammosi. Biz esa hozircha hakamlikdan ham, umuman olganda, barcha narsadan mamnunmiz”, dedi Yamal.

Eslatib o‘tamiz, “qirollik klubi” La Liganing 4-turida “Betis”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng Madrid klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo hakamlarning qarorlaridan noroziligini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Real” oxirgi marta 2024-yilda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan. Jamoa o‘tgan mavsumni ham yirik sovrinsiz yakunlagan. 2025 va 2026-yillarda esa La Liga chempionligi “Barselona”ga nasib etdi.

Yamal 2023-yildan buyon “Barselona” safida to‘p tepmoqda. 18 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan uch marta Ispaniya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, uning hisobida Ispaniya Kubogi va ikki marta mamlakat Superkubogidagi g‘oliblik mavjud.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:31, 09.09.2026.
O'qildi: 3370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик