Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

“Neftchi” APL chempionini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin — manba

“Neftchi” APL chempionini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin — manba

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi va “Lester” klubi sobiq futbolchisi Jeymi Vardi faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishi mumkin. “Daryo” manbasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘onaning “Neftchi” klubi angliyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqda.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, farg‘onaliklar Elit Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida 39 yoshli futbolchiga rasmiy taklif yuborgan. Yangi mavsumda qit’aning eng nufuzli klublar musobaqasida ishtirok etadigan Farg‘ona jamoasi rahbariyati tarkibni xalqaro tajribaga ega bo‘lgan o‘yinchi bilan boyitishni maqsad qilgan. Shu sababli klub mutasaddilari aynan angliyalik hujumchi varianti ustida to‘xtalgan.

Ma’lumot o‘rnida, Jeymi Vardi faoliyatining eng yorqin yillarini “Lester” safida o‘tkazgan va 2016-yilda jamoa bilan Angliya Premyer Ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u 2019/20-yilgi mavsumda chempionatning eng yaxshi to‘purariga aylangan. 2025-yilda hujumchi “Lester”ni tark etib, Italiyaning “Kremoneze” klubi bilan shartnoma imzoladi. 2026-yilning yozida esa Angliyaga qaytib, Chempionship vakili “Byornli” safiga borib qo‘shildi. Hozirda Transfermarkt portali Vardining bozor qiymatini 1 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:00, 10.09.2026.
O'qildi: 8091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик