Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Hamid Sahari Ronalduning Portugaliyadagi vaziyatini karikaturada aks ettirdi (+Video)

Hamid Sahari Ronalduning Portugaliyadagi vaziyatini karikaturada aks ettirdi (+Video)

Baho:
+-1 | -

Eronlik taniqli karikaturachi Hamid Sahari Krishtianu Ronalduning Portugaliya milliy terma jamoasidagi so‘nggi vaziyatiga bag‘ishlangan yangi karikaturasini taqdim etdi.

Sahari o‘z ijodiy ishida Ronaldu atrofida yuzaga kelgan voqealarni hazilomuz uslubda aks ettirgan. So‘nggi kunlarda 41 yoshli futbolchining bosh murabbiy Jorje Jezush bilan munosabatlari va milliy jamoadagi kelajagi asosiy muhokama mavzularidan biriga aylandi.

Ronaldu Norvegiyaga qarshi Millatlar ligasi bahsida zaxirada qolgan va maydonga tushmagan edi. Keyinchalik u Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan avval tark etdi. Futbolchi bu qarorining sabablarini keyinroq tushuntirishini bildirgan.

Jorje Jezush esa Ronalduning zaxirada qolganidan norozi bo‘lganini tan olgan, biroq futbolchi bilan jiddiy mojaro bo‘lgani haqidagi gaplarni yumshatishga harakat qilgan.

Hamid Sahari futbol olamidagi dolzarb voqealarni karikatura va animasiyalar orqali yoritishi bilan tanilgan. U avval ham Krishtianu Ronaldu va Portugaliya terma jamoasiga bag‘ishlangan qator ishlarini taqdim etgan. 

Kiritildi: 13:07, 01.10.2026.
O'qildi: 2318 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик