Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ferran Torres Chempionlar ligasining asosiy favoritlarini aytdi

Ferran Torres Chempionlar ligasining asosiy favoritlarini aytdi

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Ferran Torres joriy mavsumda Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun asosiy da’vogar deb hisoblayotgan jamoalarni aytdi.

Chorshanba kuni parijliklar umumiy bosqichning birinchi turida o‘z maydonida «Slovan»ni 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Torres ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etdi.

O‘yindan keyingi intervyuda jurnalist Ferrandan «Barselona»ning turnirda g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini baholashni so‘radi.

«Barsa» — Chempionlar ligasining favoritlaridan biri. «Real» ham da’vogar, «Bavariya» ham. Biz ham shular qatoridamiz. Kurash juda keskin bo‘ladi», — dedi ispaniyalik hujumchi.

Torres o‘tgan yozda «Barselona»dan «PSJ»ga ko‘chib o‘tgan. O‘tgan mavsumda «Barselona» Chempionlar ligasining chorak finalida turnirni tark etgan, parijliklar esa ketma-ket ikkinchi marta musobaqa g‘olibiga aylangan.

Kiritildi: 07:07, 10.09.2026.
O'qildi: 3401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик