Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Anri: «Men yana bir Busketsni ko‘raman deb o‘ylamagan edim»

Anri: «Men yana bir Busketsni ko‘raman deb o‘ylamagan edim»

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq futbolchisi, hozirda CBS Sports eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Tyerri Anri kataloniyaliklarning yangi futbolchisi Rodri Ernandes haqida fikr bildirdi.

«Men hech qachon yana bir Busketsni ko‘raman deb o‘ylamagan edim. Ammo hozir uni ko‘ryapman. «Barselona» yana bir Busketsga ega bo‘ldi. Undan yaxshiroqmi yoki yo‘qmi — bu alohida bahs», — deya Anrining so‘zlarini Mundo Deportivo keltiradi.

Fransiyalik mutaxassis Rodrining «Barselona» 5:0 hisobida g‘alaba qozongan «Valensiya»ga qarshi so‘nggi o‘yiniga ham alohida to‘xtaldi.

«U qanotdagi futbolchiga pressing qilgan paytda darhol podkatga tashlanmaganini ko‘rdingizmi? U raqibdan qariyb ikki metr uzoqlikda to‘xtadi, vaziyatni baholadi, jamoadoshlariga pozisiyalarini tiklab olish imkonini berdi, keyin markazga qaytdi, to‘pni qabul qildi va uni maydonning boshqa tomoniga o‘tkazdi.

U o‘ziga xos futbolchi va biz buni yaxshi bilamiz. U yaxshi jismoniy holatini saqlab qolishiga umid qilaman», — dedi Anri.

Rodri o‘tgan yozda «Manchester Siti»dan «Barselona»ga 60 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan.

Kiritildi: 16:26, 09.09.2026.
O'qildi: 4448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик