Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Anri «Oltin to‘p»ni kimga bergan bo‘lardi? U o‘z tanlovini aytdi

Anri «Oltin to‘p»ni kimga bergan bo‘lardi? U o‘z tanlovini aytdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri bu yil «Oltin to‘p»ni kimga bergan bo‘lishini aytdi.

«Bu safar tanlov o‘tgan yildagidek oson emas. O‘shanda Usmon Dembele eng yaxshi bo‘lishi aniq edi. Bu yil esa vaziyat biroz murakkabroq.

Xarri Keyn... O‘tgan mavsum Germaniyada eng yaxshi futbolchi Maykl Olise bo‘ldi. Agar inglizlardan jahon chempionatida kim eng yaxshi bo‘lganini so‘rasangiz, ular Jud Bellingemni aytadi. Ammo Bellingem haqida gapiradigan bo‘lsak, uning «Real»dagi mavsumi unchalik omadli o‘tmadi.

Keyin Rodri bor. U jahon chempionatida ajoyib o‘ynadi va turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Ammo mavsum davomida u unchalik ko‘p o‘ynamadi. Lamin Yamal ham jahon chempionatida yaxshi o‘ynay olmadi, chunki musobaqaga jarohat bilan kelgan edi.

Erling Xolandni ham chetda qoldirib bo‘lmaydi. U istalgan vaziyatdan gol urayotganini qanday inkor qilish mumkin? Ammo, menimcha, u men tilga olgan ayrim futbolchilardan ortda qoladi. Kvarasxeliya jahon chempionatida ishtirok etmadi. Agar Argentina jahon chempionligini qo‘lga kiritganida, Lionel Messi ham Jahon kubogi, ham «Oltin to‘p»ni olardi. Ammo uning uchun afsuski, bunday bo‘lmadi.

Shunday qilib, Maykl Olise qoladi. U mening favoritim Kilian Mbappega juda yaqin. Odamlar Mbappe hech narsa yutmadi, deyishi mumkin. Ammo uning individual natijalariga qarang: Chempionlar ligasida eng yaxshi to‘purar, La Ligada eng yaxshi to‘purar va jahon chempionatida ham eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Oliseniki ham golli uzatmalar borasida shunga o‘xshash. Bu aql bovar qilmas darajadagi natija.

Mbappening jahon chempionati va Chempionlar ligasida qancha gol urgani haqida o‘ylasangiz, bu shunchaki hayratlanarli. Nomzodlarning barchasi juda yuqori saviyadagi futbolchilar, ammo shaxsan men Kilianni tanlagan bo‘lardim. Olise ham unga juda yaqin», — dedi Anri CBS Sports efirida.

Kiritildi: 17:41, 09.09.2026.
O'qildi: 2396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик