Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Portu" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi uchrashuv yakunida futbolchilar o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi.
90+3-daqiqada "Portu" yarim himoyachisi Pablo Rosario Erling Xoland bilan to‘qnashib ketdi. Ikki futbolchi o‘rtasidagi vaziyat keskinlashgach, maydondagi boshqa o‘yinchilar ham ular atrofiga to‘plandi. Hakam yakunda Rosario va Xolandning har ikkisini sariq kartochka bilan ogohlantirdi.
Shu payt "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov ham tezda voqea joyiga yetib kelib, Xolandni janjaldan ajratib oldi va vaziyatning yanada keskinlashishiga yo‘l qo‘ymadi.
Husanov ushbu bahsda 48-daqiqada Yoshko Gvardiol o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan edi. "Manchester Siti" esa Xolandning dubli evaziga "Portu"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.













