Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Ronaldu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinidan voz kechdi — sababi ma’lum

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati doirasida "Al-Faysaliy"ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘ziga berilgan mukofotni jamoadoshiga topshirdi.

Ar-Riyod klubi mazkur bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Portugaliyalik yulduz raqib darvozasini bir bor ishg‘ol qilib, jamoasining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shdi.

Uchrashuv yakunlangach, Ronaldu bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va unga maxsus sovrin taqdim etildi.

Biroq 41 yoshli hujumchi mukofotni o‘zida qoldirmadi. "An-Nasr" sardori sovrinni jamoadoshi Abdulla al-Hamdanga topshirishga qaror qildi.

Al-Hamdan ham "Al-Faysaliy"ga qarshi bahsda samarali harakatlari bilan ajralib turgandi. U bitta gol urib, yana bir golga assistentlik qildi.

Shu tariqa, Ronaldu jamoadoshining o‘yinini alohida e’tirof etib, o‘z mukofotini unga berdi.

Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr" navbatdagi uchrashuvini 26 oktyabr, dushanba kuni Osiyo Chempionlar ligasi doirasida "Al-Vasl"ga qarshi o‘tkazadi.

41 yoshli Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 23:47, 23.10.2026.
O'qildi: 3690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик