"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Barselona"ga qarshi "el-klasiko"da Lamin Yamalni to‘xtatish uchun maxsus reja ishlab chiqmasligini aytdi.
"Yamal ajoyib futbolchi va bunday o‘yinchilar hurmatga loyiq. Ammo raqibni hurmat qilish boshqa, u uchun o‘z rejamiz, taktikamiz va o‘yin uslubimizni o‘zgartirish boshqa masala.
Biz Yamal yoki boshqa biror futbolchi uchun o‘z uslubimizdan voz kechmaymiz. U qanchalik iqtidorli bo‘lishidan qat’i nazar", — dedi Mourinyo.
Portugaliyalik mutaxassis "Barselona" ustozi Xans-Diter Flikni ham maqtadi:
"U ajoyib murabbiy va juda yaxshi ish olib bormoqda. Yana nima deyishimni xohlaysiz?"













