«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan "el-klasiko" uchun asosiy tarkibni deyarli aniqlab oldi. Bu haqda Sports.kz nashri Marca ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis dastlabki daqiqalardan maydonga tushadigan 11 futbolchidan 9 nafari nomini tanlab bo‘lgan. Mourinyoning yagona ikkilanishi markaziy himoyachilar juftligini tanlash bilan bog‘liq.
Shuningdek, Federiko Valverde o‘ng qanot himoyasida harakat qilishi, Arda Gyuler esa o‘ng yarim himoyachi pozisiyasida o‘ynab, markazga erkin siljib borishi ma’lum. Tayanch yarim himoyachilari juftligini Eduardo Kamavinga va Orelyen Chuameni tashkil etadi.
«Barselona» — «Real» uchrashuvi 24 oktyabrdan 25 oktyabrga o‘tar kechasi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘zaro bahs oldidan «Barselona» hisobida 27 ochko, «Real»da esa 21 ochko mavjud.













