Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

“Sevinch” jamoasi tarkibidagi o‘zgarishlar haqida

“Sevinch” jamoasi tarkibidagi o‘zgarishlar haqida

Baho:
+ | -

O‘n karra O‘zbekiston chempioni to‘qqiz karra O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘lgan Qarshining “Sevinch” jamoasi tarkibida bu yildan katta o‘zgarishlar bo‘ladi.

Jamoamizni bir qator tajribali va ko‘p yillar jamoada to‘p tepgan o‘yinchilar tark etishmoqda. Tarkibmizda tanish ibora bilan aytganda, “avlodlar almashinuvi” ro‘y beradigan ko‘rinadi.

Demak, mohir hujumchimiz va jamoamiz to‘purari Zebo Jo‘rayeva yangi mavsumdan faoliyatini G‘uzorning “Sho‘rtan Lady” jamoasida davom ettiradi. Darvozabonimiz Olga Kaxarova esa Toshkentning “Bunyodkor W” jamoasi sharafini himoya qiladi. Hujumchi Mahliyo Sarikova, yarim himoyachilarimiz Feruza Turdiboyeva va Zumrat Nazarovalar Bekobodning “Metallurg W” jamoasi safiga borib qo‘shilishdi.

Yana bir tajribali himoyachimiz Mahliyo Yusupova futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Klubimiz murabbiylar shtabi jamoani tark etgan o‘yinchilar o‘rnini bungacha Muborakning “Mash’al W” jamoasida o‘ynagan, aslida “Sevinch” klubi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan bir qator yosh futbolchi qizlar hisobiga to‘ldirishga qaror qilishdi. Jumladan, himoyachi Feruza Boboxo‘jayeva, hujumchilar Maftuna Panjiyeva, Sevara Normurodova, Shoira Qulto‘rayeva va Shaxnoza Qurbonovalardir. Shuni ta’kidlash joizki, bu yosh futbolchi qizlarimiz Baxrom Norsafarov boshchiligidagi mamlakatimizning U-19 terma jamoasining ham o‘yinchilari hisoblanishadi. Jamoamiz safiga bunday yosh futbolchilardan yana qo‘shilishi kutilmoqda.

Hozirgi kunda jamoamiz safida yana bir o‘yinchi ko‘rikdan o‘tmoqda, bu muqaddam Bekobodning “Metallurg W” jamoasi safida faoliyat yuritgan tajribali yarim himoyachi Nozima Ergashevadir. Agar bu futbolchi murabbiylarimizga ma’qul kelsa, yangi mavsumdan jamoamiz sharafini himoya qiladi.

“Sevinch” klubi oldiga bu yilgi mavsumda ham O‘zbekiston ayollar futbolidagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

Vladislav Xan, Baxrom Norsafarov, Konstantin Smirnov va Olga Belovalardan iborat klubimiz murabbiylar shtabi ana shu vazifalarni bajarish uchun o‘z ish rejalarini ishlab chiqishgan va bu rejalarni hayotga tadbiq etish uchun astoydil mehnat qilishmoqda.

“Sevinch” jamoamiz hozirgi kunda Qarshi shahridagi qarorgohida yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Jamoamiz 12-16 fevral kunlari Toshkentda bo‘ladigan mini futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi XIII O‘zbekiston chempionatining 2-turida ishtirok etadi.

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 12:14, 04.02.2017.
O'qildi: 6311 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.