Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. 16 yoshgacha bo‘lgan yosh sportchilar orasida o‘tayotgan turnirda Respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif 300 ga yaqin ishtirokchi o‘z kuchini sinab ko‘rmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Qilichbozlik Federasiyasi mamlakatimizning barcha viloyatlarida faollik bilan ish olib bormoqda. 2 fevral kuni Toshkentdagi “Qilichbozlik majmuasida” start olgan O‘zbekiston chempionati 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar orasidan kuchlilarni saralamoqda. Turnir 3 yo‘nalishda – shamshir, rapira hamda shpaga bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda. Hozirda barcha yo‘nalishlarda saralash bahslari davom etmoqda. Jumladan, 4 fevral kuni rapira bo‘yicha yakkalik bahslarida to‘qnashuvlar o‘tkazildi. Qilichbozlik sport turi yoshlar orasida ommalashib borar ekan O‘zbekiston Qilichbozlik Federasiya ushbu sport turi bilan shug‘ullanuvlarga barcha imkoniyatlar yaratish uchun harakat qilmoqda. Hozirda, O‘zbekiston terma jamoasining turli yoshdagi tarkiblari Germaniya, Polsha va Rossiya kabi ushbu sport turida yetakchi bo‘lgan mamlakatlarda musobaqalarda ishtirok etish hamda mazkur mamlakatlardagi qilichbozlik tajribalarini o‘rganish uchun bevosita ushbu davlatlarda mashg‘ulot olib borishmoqda.

300 ga yaqin yosh qilichbozni o‘zida ja’mlagan O‘zbekiston chempionati 7 fevral kuniga qadar davom etadi. Musobaqa g‘olib sovrindorlari milliy terma jamoaga jalb qilinadi. Bu kabi turnirlar 2018 yil Argentinada o‘tadigan, yoshlar o‘rtasidagi Olimpiyada o‘yinlari uchun tayyorgarlik-saralash bo‘lib xizmat qiladi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 20:59, 05.02.2017.
O'qildi: 5455 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик