Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Al-Jayish» xavflimi yoki «Al-Fatih»?

«Al-Jayish» xavflimi yoki «Al-Fatih»?

Baho:
+ | -

24 yanvar kuni boshlangan va 25 noyabrgacha davom etadigan OCHL-2017 yangilangan formatdagi turnirning hisob bo‘yicha 15-mavsumidir. Joriy musobaqa 19ta mamlakatning 47ta klubini o‘z ichiga olgan. Shulardan 32tasi guruh bosqichida o‘ynaydi. Hozirda asosiy «setka»dagi 22ta ishtirokchi ma’lum. OCHL shu masalada YECHLga o‘xshaydi. Yana 10ta jamoa bilan esa bugun va ertangi saralash o‘yinlaridan so‘ng tanishamiz. Muhimi, guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olgan «Lokomotiv» yoniga «Nasaf» va «Bunyodkor» klublari qo‘shilish imkoniyatiga egalar.

«Bunyodkor» raqibi - «Al-Jayish»

2016 yilgi OCHL bahslarida asosan Romarinyo-Hamdalloh-Rashidov uchligi xizmatlari yordamida yarim finalgacha yetib borgan «Al-Jayish» Qatar Yulduzlar ligasida 2-o‘rinni band etdi va mamlakatning 3-jamoasiga ajratilgan 0,5ta yo‘llanmaga ega chiqdi. Tabiiyki, duxaylliklar uni butun qilish maqsadida maydonga tushishadi. Sardor Rashidov o‘zining sobiq jamoasiga qarshi qanday o‘ynashi ham ko‘pchilikni alohida qiziqtirayotgan  bo‘lsa, ajabmas.

Ma’lumot uchun

To‘liq nomi: «Al-Jayish» sport klubi

Tashkil topgan vaqti: 2007 yil

Prezidenti: Hamad bin Ali al Attiyah

Stadioni: «Abdulloh bin Nosir bin Xalifa» (sig‘imi - 12000)

Bosh murabbiyi: Sabri Lyamushi (Fransiya)

Ekipirovka ta’minotchisi: Nike.

2007 yili Doxaning Al-Duxayl tumanida tashkil topgan mazkur klub yurtimizdagi muxlislarga yaxshi tanish. Ayniqsa, so‘nggi paytlar bu klubga nisbatan e’tibor-qiziqishimiz keskin ortgani bor gap. Zero, milliy jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov «Al-Jayish» safiga qo‘shilganidan buyon klub natijalarini diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Duxayl jamoasi so‘nggi paytlar o‘z tarkibini yosh va iqtidorli xorijliklar bilan to‘ldirishga katta e’tibor qaratyapti. Tabiiyki, bu yo‘lda yetarlicha mablag‘ sarflanmoqda. Zero, aksariyat arab klublari kabi «Jaish»­da ham moliya masalasida aytarli muammo yo‘q. Fransiyalik mutaxassis Sabri Lyamushi futbolchilik faoliyatini aynan Qatarda yakunlagan edi. U «Al-Jayish»ga 2014 yilning 27 dekabridan buyon ustozlik qilmoqda.

«Al-Jaish»ning taxminiy tarkibi. Darvozabon: Saud Muborak; himoyachilar: Lukas Mendesh, Murod Naji Husayn, Yosir Abubakr Iso, Ali Sanad; yarim himoyachilar: Sardor Rashidov, Seydu Keyta, Muhammad Abdulraab, Muhammad Maznaniy, Muhammad al Jabriy; hujumchi: Romarinyo.

Jamoa legionerlari.

Lukas Mendesh (1990 yil 3 iyulda tug‘ilgan). Chap qanot va markaziy himoyada birdek o‘ynash salohiyatiga ega. O‘yin intizomiga qat’iy rioya qilishi bilan braziliyalik futbolchilardan ajralib turadi. Joriy chempionatda 16ta o‘yin­ni almashtirishsiz o‘tkazib, 3ta gol urishdan tashqari, 4ta sariq kartochka oldi. Xullas, u jamoaning almashtirilmas futbolchilaridan biridir.

Seydu Keyta (1980 yil 16 yanvarda tug‘ilgan). «Barselona» safida jami 14ta sovrin yutgan (jumladan, Yevropa Chempionlar Ligasida 2 marta g‘olib chiqqan - 2008|2009, 2010|2011) malilik futbolchi «Al-Jaish» tarkibiga qo‘shilguniga qadar «Roma» sharafini himoya qildi. Aslida u Osiyo futboliga ilk marta 2012 yilning 8 iyul kuni qadam tashlagandi. Ya’ni Xitoyning «Dalyan Aerbin» klubi malilik jonkuyar yarim himoyachi uchun 14 mln. yevro to‘lagandi. Hozirgi jamoasi bilan esa erkin agent sifatida shartnoma tuzgan. E’tiborli fakt: Seydu gol urgan 3ta o‘yinda «Jaish» yengilmagan.

Abdurazzoq Hamdalloh (1990 yil 17 dekabrda tug‘ilgan). Marokash futbolining porlayotgan yulduzlaridan biri. To‘g‘ri, u 2016 yilning 26 mayidan buyon maydonga tusholmayapti.

Muhammad Abdulloh Maznaniy (1992 yil 3 martda tug‘ilgan). Stopper vazifasini bajarishga ixtisoslashib boryapti. «Al-Jaish» yetarlicha gol urayotgan bo‘lsada, Maznaniy yulduzlar davrasida hozircha porlay olmayapti. Lekin u ancha yosh va hozirgi klubi bilan 3ta sovrin yutishga ulgurdi.

Romarinyo (1990 yil 12 dekabrda tug‘ilgan). «Jaish» safiga 2014 yilning sentyabrida 7,5 mln. yevro evaziga o‘tgan. Uning mashhur Romarioga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu taxallusi otasi Ronaldo va bobosi Mario ismlaridan olingan. Qatar jamoasida chempionat bahslarining o‘zida 64 marta maydonga tushib, 38ta gol urdi. OCHLdagi statistikasi ham chakki emas: 15ta o‘yin, 9ta gol. Ayni payt ham Yulduz ligasi to‘purarlari qatorida boryapti.

Sardor Rashidov (1991 yil 14 iyunda tug‘ilgan). Hamyurtimiz OCHL bahslarida 3ta gol urgan. Shuningdek, milliy jamoamiz o‘yinlarida o‘z hisobiga 10ta gol yozib qo‘ygan. «Al-Jaish» safidagi debyut mavsumidayoq  vise-chempionga aylandi. 9 yanvar kuni «Al-Arabi»ga qarshi o‘yinda «dubl»ga erishib, jamoasining 4:3 hisobida ustun kelishiga katta hissa qo‘shdi. Umuman, Sardor joriy mavsum mahsuldorlikni o‘rniga qo‘ymoqda va to‘purarlar ro‘yxatining kuchli 10taligida bormoqda - xuddi Rodrigo Tabata («Al-Rayan»), Nam Taye Xvi («Lahviya») va Vladimir Vayss («Al-Garafa») kabi.

«Al-Jayish»ning OCHLdagi ishtiroki

2013 yil: 1|8 final (3ta g‘alaba, 3ta durang, 2ta mag‘lubiyat)

2014 yil:  guruh bosqichi (2ta g‘alaba, 2ta durang, 2ta mag‘lubiyat)

2015 yil: saralash bosqichidan o‘tolmadi

2016 yil: 1|2 final (7ta g‘alaba, 2ta durang, 4ta mag‘lubiyat)

«Nasaf» raqibi - «Al-Fatih»

2015|2016 yillar mavsum yakuniga ko‘ra, Saudiya Arabistoni professional ligasida 3-o‘rin «Al-Ittihod» klubiga nasib etdi. Lekin bu jamoaning OCHLda qatnashishiga lisenziyalash jarayoniga bog‘liq muammolar xalaqit berdi. Natijada «Ittihod» o‘rnini 4-pog‘ona sohibi - «Al-Tavon» («Lokomotiv» bilan bitta guruhda o‘ynaydi) egalladi. «Al- Fatih» esa garchi chempionat finishiga 5-pog‘onada yetib kelgan bo‘lsada, Saudiya uchun berilgan 0,5ta yo‘llanmaga ega chiqib, «pley-off» raundida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Bu klub Al-Mubarraz shahri sharafini himoya qiladi. Saudiya sharqidagi Al-Ahzo muzofoti va Fors ko‘rfazini 60 kilometrga cho‘zilgan sahro ajratib turadi. Demakki, Qarshi klubi ana shu muzofotdagi Al-Mubarraz shahriga boradi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlaridan OCHLning asosiy bosqichiga chiqish uchun u yerdan g‘alaba bilan qaytish talab etiladi. Tushunarliki, «Fotih» deylik, Bahrayn jamoasi singari kuchsiz emas. Lekin uning ayni payt Saudiya Arabistoni milliy chempionatida ishi sira yurishmayotganini ham aytish joiz. Umuman, mubarrazliklar autsayderlar qatorida borishyapti va oliy divizionda qolishlari ham katta so‘roq ostida. Ha, «Nasaf»ning saralash bosqichidagi navbatdagi raqibi barcha arab klublari singari  juda o‘zgaruvchan. E’tibor bering, «Al-Fotih» bundan 4 yilcha oldin Saudiyada tengsiz sanalardi. Bugun esa... Xullas, 2014 yildan buyon naq 4 nafar bosh murabbiy qo‘l ostida o‘ynagan jamoa ayniqsa, safar bahslarida o‘ta beqaror. Deylik, jami 17ta o‘yinning naq 13tasida kamida 1ta gol qo‘yib yubordi.

Ma’lumot uchun

To‘liq nomi: «Al-Fatih» sport klubi

Tashkil topgan vaqti: 1958 yil

Prezidenti: Abdulaziz al Afaliq

Stadioni: «Shahzoda Abdulloh bin Jalavi» (sig‘imi - 19096)

Bosh murabbiyi: Fathi al Jabal (Tunis)

Sovrinlari: Saudiya Arabistoni chempioni (2012|2013); Saudiya Arabistoni superkubogi sohibi (2013)

Jamoa bosh murabbiyi Fathi al Jabal 1963 yilning 25 fevral kuni Tunisda tug‘ilgan. 2006 yildan murabbiy sifatida keng ommaga tanila boshlandi. «Al-Fatih» 2008|2009 yillar mavsumida aynan uning rahbarligida Saudiya professional ligasiga yo‘l ochgandi. Tunislik mutaxassis 2013 yilga kelib, jamoani sovrinlar sari yetakladi. Ya’ni mubarrazliklar mamlakat chempioni maqomini o‘zlashtirish barobarida superkubokni ham begona qilishmadi. Fathi al Jabal shundan so‘ng, ya’ni omadli mavsumdan bir yil o‘tgach, «Ajman» klubi boshqaruvini qo‘lga oldi. O‘tgan yilning noyabrida esa yana jonajon klubiga qaytdi. Ayni payt uning oldida murakkab vazifa turibdi - jamoani Saudiya Qirolligi elit divizionida olib qolish. To‘g‘ri, bu «Fotih»ning OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun da’vogar emasligini anglatmaydi, albatta. Zero, klub ichki arenadagi omadsizlikni xalqaro darajadagi o‘yinlar orqali yuvishga urinishi tabiiy hol.

«Al-Fatih»ning taxminiy tarkibi. Darvozabon: Abdulloh al Oaysher; himoyachilar: Ali al Bulayhiy, Majid Hazaziy, Abduloh al Davsariy, Sayaf al Bishiy; yarim himoyachilar: Muhammad al Fuhayd, Hamdan al Hamdan, Tavfiq Buhumayd, Nuh al Muso; hujumchilar: Natan Junior, Ukra.

Jamoa legionerlari.

Joao Gilyerme (1986 yil 21 aprelda tug‘ilgan). Markaziy himoyada o‘ynaydi. U o‘smirlar o‘rtasidagi JCH-2003da Braziliya termasiga sardorlik qilgandi. Saudiyaga yuzlanishdan oldin «Maritimu» (Portugaliya) va APOEL (Kipr) klublarida o‘ynadi.

Natan Junior (1989 yil 10 martda tug‘ilgan). Klub ixtiyoridagi yana bir braziliyalik. Hujum chizig‘i vakili avvaliga Latviya va Rossiya tomonlarda to‘p surgan. Keyinchalik braziliyaliklarga yaqin sanaladigan Portugaliyaga bordi. Saudiya Arabistoni chempionatiga aynan Portugaliya orqali o‘tdi. Hozircha murabbiylarda unga nisbatan e’tiroz yo‘q. Zero, Junior ham gol urish (5ta), ham unga assistent vazifasini bajarishda   (3ta) jamoa yetakchisi bo‘lib turibdi.

Ukra (1988 yil 16 martda tug‘ilgan). Ukra - portugaliyalik hujumchining laqabi. Uning to‘liq ism-sharifi ancha uzun: Andre Felipe Alvesh Monteyro. Ukra joriy chempionat bahslarida 4ta gol urdi. Hujumda Natan Junior bilan to‘laqonli til topishishiga biroz vaqt kerak, shekilli.

Luis Leal (1987 yil 27 mayda tug‘ilgan). Ekzotik o‘lka - San-Tome va Prinsipidan tashrif buyurgan futbolchi hujum harakatlariga asosan o‘ng oyog‘i bilan yakun yasaydi. To‘g‘ri, u ko‘pincha o‘yinlarga zaxiradan qo‘shiladi.

«Al-Fatih»ning OCHLdagi ishtiroki

2014 yil:  guruh bosqichi (6ta o‘yin, 2ta durang, 4ta mag‘lubiyat)

«Al-Fatih» OCHLda O‘zbekiston klublariga qarshi

1. 2014 yil 25 fevral. Guruh bosqichi. 1-tur. Al-Hazo. «Shahzoda Abdulloh bin Jalavi» stadioni. 13200 tomoshabin. «Al-Fatih» - «Bunyodkor» - 0:0. Hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya).

2. 2014 yil 16 aprel. Guruh bosqichi. 5-tur. Toshkent. «Paxtakor» stadioni. 2150 tomoshabin. «Bunyodkor» - «Al-Fatih» - 3:2. Hakam: Ko Xyung Jin (J.Koreya). Gollar: Oleg Zoteev (43), Vohid Shodiyev (83), Alibobo Rahmatullayev (85) - Doris Fuakumputu (68), Hamdan al Hamdan (79).

Saudiya Arabistoni vakillari OCHLda O‘zbekiston klublariga qarshi (umumiy statistika)

Klub                            O‘           Yu          D            M          T-N            Farq      O

«Al-Hilol»            15         10         3            2           32-10       +22          33

«Al-Ittihod»      14         7           5            2           23-12        +11          26

«Al-Nasr»              6            3           3            0           12-6           +6            12

«Al-SHabab»          4            3           1            0           9-4             +5            10

«Al-Ahli»               6            3           1            2           9-6             +3            10

«Al-Ittifoq»      5            2           0            3           8-5             +3            6

«Al-Fatih»           2            0           1            1           2-3             -1            1

Jami:                        52         28         14          10        95-46       49          98

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:53, 07.02.2017.
O'qildi: 9705 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.