Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya kubogida ikkinchi finalchi aniqlandi

Ispaniya kubogida ikkinchi finalchi aniqlandi

Baho:
+ | -

Ispaniya qiroli kubogi musobaqasida ikkinchi finalchi nomi aniq bo‘ldi. Yarim finalning javob bahsida "Alaves" o‘z maydonida "Selta"ni qabul qildi va saviya jihatdan o‘zidan kuchliroq bo‘lgan raqibni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Bahsning 83-daqiqasida Edgar Mendes tomonidan kiritilgan to‘p mezbonlarga g‘alaba keltirdi. Eslatib o‘tamiz, Vigo shahrida bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda hisob ochilmagandi.

Shu tariqa, "Barselona" va "Alaves" jamoalari Ispaniya kubogi bosh sovrini uchun kurash olib borishadi.

Ispaniya kubogi, yarim final, javob o‘yini
Alaves – Selta 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 82 Mendes.
Alaves – Pacheko, Feddal, Laguardia, Teo, Manu Garsiya, Femeniya, Kamarasa, Markos Lyorente, Ibai Gomes (Vigaray, 88), Deyverson, Tokero (Mendes, 79; Ruano, 90).
Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Malyo, Ronkalya, Radoya, Dias (Gvidetti, 83), Ernandes, Vass (Rossi, 86), Bongonda (Sisto, 74), Aspas.
Ogohlantirishlar: Feddal (39), Aspas (39), Dias (53), Teo (90).
Birinchi o‘yin: 0:0

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:35, 09.02.2017.
O'qildi: 13417 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик