«Real» rahbariyati hujumchi Karim Benzemani jamoada olib qoladi.
AS xabariga ko‘ra, «Qirollik klubi» futbolchi bilan 2021 yoki 2022 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaydi. Bundan tashqari, uning maoshi ham oshiriladi.
Benzemaning «Real» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha mo‘ljallangan. Futbolchi uni 2014 yilda uzaytirib, maoshini 5 mln yevrodan 8 mln yevroga oshirilishiga muvaffaq bo‘lgandi.
Joriy mavsumda Benzema Primeraning 15 o‘yinida maydonga tushib, 5ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.