Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Flik «Barselona» rahbariyatiga Alvares bo‘yicha murojaat qildi

Flik «Barselona» rahbariyatiga Alvares bo‘yicha murojaat qildi

Baho:
+2 | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hali ham o‘z jamoasida madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresni ko‘rishni istamoqda.

Germaniyalik mutaxassis o‘z klubiga ushbu transfer amalga oshishi uchun imkon qadar barcha narsani qilishda davom etishni so‘rab murojaat qildi, deb xabar beradi jurnalist Jerar Romero. Flik «matraschilar» 26 yoshli forvardni sotishga qanchalik keskin qarshilik ko‘rsatishmasin, «ko‘k-anorranglilar» argentinalik futbolchi uchun oxirigacha kurashishi kerak deb hisoblaydi.

«Barselona» Xulian Alvares uchun taxminan 100 million yevro taklif qildi. Futbolchining o‘zi ham «Atletiko»ni uni Kataloniyaga qo‘yib yuborishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda, ammo hozircha bu natija bermayapti.

Kiritildi: 07:57, 14.08.2026.
O'qildi: 1978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик