Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Fabrisio Romano: "Chelsi" Enso Fernandesni sotish variantini yopdi

Fabrisio Romano: "Chelsi" Enso Fernandesni sotish variantini yopdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" mahalliy vaqt bilan soat 17:00 ga qadar yarim himoyachi Enso Fernandesni sotib olish bo‘yicha birorta ham yozma taklif olmadi. London klubi aynan shu vaqtni futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun so‘nggi muddat sifatida belgilagan edi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, "Chelsi" endi 25 yoshli futbolchini 120 mln funt, ya’ni taxminan 140 mln yevro evaziga sotish variantini ko‘rib chiqmayapti. Aynan shu summa may oyi oxirida ehtimoliy xaridorlarga ma’lum qilingan edi.

Enso Fernandes 2023 yil yanvaridan beri "Chelsi" safida to‘p surib kelmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik yarim himoyachining bozor qiymati 100 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 23:04, 14.08.2026.
O'qildi: 2092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик