«Manchester Siti» hujumchisi Gabriel Jezus «Bornmut» (2:0) klubiga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Bugun o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasida futbolchining jarohati og‘ir ekani ma’lum bo‘ldi. As xabariga ko‘ra, endi futbolchi kamida 2-3 oy muddat davomida maydonga tushmaydi.