Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Imkoniyatlar chamalanganda: «REAL» - «NAPOLI» va «BAVARIYA» - «ARSENAL» o‘yiniga taxminlar

Imkoniyatlar chamalanganda: «REAL» - «NAPOLI» va «BAVARIYA» - «ARSENAL» o‘yiniga taxminlar

Baho:
+ | -

Futbol olamida klublar o‘rtasidagi eng nufuzli va serdaromad turnir - Yevropa CHLning ilk «pley-off» raundiga qur’a tashlangach, Soccer.ru sayti ijodkorlari darhol juftliklarda qaysi jamoa favorit ekanligini taxmin qilishga tushishdi. Ular bu jarayonda ko‘plab jihatlarni e’tiborga olishdi.

«REAL» - «NAPOLI»

Klublarning UYEFA reytingidagi o‘rni: 1 - 15.

Klublar tarkibining umumiy bahosi (transfermarkt.de portali ma’lumoti bo‘yicha): 776 mln. yevro - 319 mln. yevro.

Klublarning CHL «pley-off» raundidagi tajribasi: oxirgi 3ta mavsumda 2ta g‘alaba - oxirgi mavsumda YEL «pley-off» raundlarida o‘ynadi.

Klublarning yetakchi futbolchilari: Modrich, Kroos, Ramos, Kazemiro, Beyl, Ronaldu, Marselo - Mertens, G‘u-lom, Gamshik, Kalyexon, Kulibali, InsinYE.

Klublarning o‘yin bobidagi ustun taraflari: g‘alabaga nisbatan kuchli iroda, individual mahorat, effektli hujum, qarshi hujum, futbolchilar saviyasi hisobiga vaziyatlar yaratish, standart holatlar - qanotlar orqali hujum, pozision himoya, uzoq masofadan beriladigan zarba, qisqa va o‘rtacha «pas» bilan o‘ynash, markaz bo‘ylab yurish, taktik hiyla.

Umumiy hisob: 4:0 - «Real» foydasiga.

«Napoli» uchun teng raqiblar - «Benfika», Kiyev «Dinamo»si va «Beshiktosh» joy olgan guruhda g‘alaba qozonish ko‘p narsani anglatadi. Italyan jamoasi CHL «pley-off» raundlari o‘yinlari uchun zarur uyushqoqlikni ko‘rsata oldi. Maurisio Sarri bunday darajada ilk marta ishlayapti, lekin Neapol katta o‘yinlarga tayyor. Xullas, Chempionlar kubogining ikki karra g‘olibi - xavfli raqib. «Real» esa hozirdan yana bir final orzusida yashamoqda va bahorda «Volfsburg» maydonida kuzatilgan xatolikni qaytarmaslikka urinishi tayin. Biroq CHL tarixida biror jamoa hali ketma-ket 2 marta zafar quchmaganini inobatga olsak, «Madrid»ni oldinda murakkab to‘siqlar kutib turibdi. Ha, Zayniddin Zidan jamoasi ayni payt ajoyib holatda, mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha bejiz rekord o‘rnatmadi. Xullas, ushbu juftlikda «Real»ning favorit ekanligiga shubha yo‘q.

Taxmin: «Real» g‘alaba qozonadi, ammo «Napoli»dan har qanday «syurpriz» kutish mumkin. Ayniqsa, Neapoldagi bahsda.


«BAVARIYA» - «ARSENAL»

Klublarning UYEFA reytingidagi o‘rni: 2 - 10

Klublar tarkibining umumiy bahosi (transfermarkt.de portali ma’lumoti bo‘yicha): 582 mln. yevro - 490 mln. yevro.

Klublarning CHL «pley-off» raundidagi tajribasi: bahorda yarim finalga chiqdi - bahorda 1|8 finalda o‘ynadi.

Klublarning yetakchi futbolchilari: Alkantara, Myuller, Levandovski, Noyer, Alaba - Aleksis Sanches, Ozil, Kasorla, Mustafi, Chex, Kosyelni.

Klublarning o‘yin bobidagi ustun taraflari: futbolchilar saviyasi, to‘p nazorati, uzatmalar aniqligi, qanotlar orqali hujum, pozision himoya - ko‘p vaziyat yaratish, tartibli «pas», qanotlardagi faollik, tezkor individual harakat.

Umumiy hisob: 2:1 - «Bavariya» foydasiga, bitta durang bilan

Birinchidan, Arsen Vengerga achinasan kishi. Ikkinchidan, ikki jamoa yetakchilari ham shunchalik kuchliki, bu borada tenglik bor. Boz ustiga, Karlo Anchelotti va «Bavariya» o‘rtasidagi munosabatlarda muammolar yo‘q emasdek. Ammo Myunxen klubi Yupp Xaynkes davrida ham shunga o‘xshash holatga tushganini unutmaslik kerak. Murabbiy o‘sha mavsum yakunida ketishini bilgan, klub esa yakuniy g‘alaba yo‘lini topgandi. Nemislar bu safar qur’a jarayonida ikkinchi savatchaga tushishdi va natijalar ma’lum bo‘lgach, kinoya qilishdi: «Shu holatda ham «Arsenal»ga nasib etdik». Ha, qur’a londonliklarni ikkinchi savatchadan joy olgan eng kuchli jamoalardan biriga ro‘baro‘ qildi. Eh, «Arsenal» nihoyat, «pley-off»ga 1-o‘rin orqali chiqqanida-ya... «Kanonirlar» 2006 yilgi qahramonlikni takrorlashga to‘liq tayyormilar? Bir narsa deyish qiyin. Biroq hattoki, «Rostov» ham «Bavariya»ni yengish uddasidan chiqqan ekan, bu juftlikda yaqqol favorit yo‘q. Qolaversa, nemis grandi bahorda «Yuventus», «Benfika» va «Atletiko» klublariga qarshi bahslarda ham ancha qiynalgandi.

Taxmin: «Arsenal» keyingi raundga o‘tadi, garchi «Bavariya» turli jihatlar bo‘yicha biroz ustun ko‘rinayotgan bo‘lsada. Qisqasi, aynan shu juftlikdan kutilmagan yakun kutish o‘rinli. Harqalay, Myunxen klubining ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 11:12, 15.02.2017.
O'qildi: 11599 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.