Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

«Shantaj» yo‘li – «ketaman»

«Shantaj» yo‘li – «ketaman»

Baho:
+ | -

«Vest Hem» rahbariyati o‘tgan yil sentyabrda Dimitri Payeni naq 1 mln. funt sterling miqdorida mukofot puli bilan siylagandi. Gap shundaki, Yevro-2016da chinakamiga porlagan fransuz futbolchisi kamtarin jamoada faoliyatini davom ettirishga ko‘ngandi. Biroq xabaringiz bordir, «bolg‘achilar» bosh murabbiyi Slaven Bilich yaqinda yarim himoyachi London klubida ortiq o‘ynashni istamayotgani va shu sabab, mashg‘ulotlarda qatnashmasligini ma’lum qildi. Keyinchalik «Vest Xem»ning Payeni transferga qo‘yishi haqida xabarlar urchidi. FootballHD.ru sayti esa, shu bahona mo‘may daromad ilinjida isyonkorlik yo‘lini tutgan futbolchilarni eslab, ularning keyingi taqdiriga nazar soldi.

Pyer van XOYDONK

Mojarodan avvalgi holat. Gollandiyalik iqtidor sohibi NAKdagi sermahsul o‘yinlari bilan yevropalik mutaxassislar e’tiboriga tushgandi. Hujumchi «kalamushlar» safida 4 mavsum to‘p surib, 80tadan ortiq gol urdi. Keyin «Seltik»dan qo‘nim topdi. Shotlandiyadagi 2 yillik faoliyatidan so‘ng «Notingem Forest» safidan joy oldi. Angliyadagi dastlabki yarim yil Xoydonk uchun omadli kechmadi - jamoa birinchi divizionni tark etdi. Yangi mavsumda esa yana yuqoriga ko‘tarildi. Pyer ushbu muvaffaqiyatga 34ta gol urgancha salmoqli ulush qo‘shdi.

Mojaro. «Forest»da samarali o‘ynagan hujumchi Gollandiya termasidan chaqiruv oldi va JCH-98da ishtirok etdi. Klubga qaytgach esa, rahbariyat tarkibni kuchaytirish o‘rniga yetakchilarni sotish bilan ovora bo‘layotganiga duch keldi. Jumladan, avvaliga Pyerning oldingi chiziqdagi sherigi Kevin Kempbell, keyinroq jamoa sardori Kolin Kuper nottingemliklar bilan xayrlashdi. Natijada van Xoydonk ham o‘zini transferga qo‘yishlarini talab qildi. Biroq har safar rad javobini olaverdi. Oxir-oqibat, futbolchi o‘zboshimchalik bilan Bredaga qaytdi.

Yakun. Bir necha oylik sargardonlikdan hech qanday naf chiqmagach, futbolchi yana «Forest» ixtiyoriga bordi. Shunda klubda «isyonchi»lar uchun ibratli voqea yuz berdi: Pyer «Derbi Kaunti»ga qarshi kechgan o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qildi va golni nishonlash maqsadida yugurdi. Biroq jamoadoshlari u chetda qolib, samarali uzatma muallifini tabriklay boshlashdi. Keyinchalik van Xoydonk «Benfika», «Feyenoord» va «Fenerbaxche» klublarida to‘p surgan bo‘lsada, ularning hech birida 2 yildan ko‘proq ushlanib turmadi.

Rahim STERLING

Mojarodan avvalgi holat. «Liverpul» akademiyasining yorqin tarbiyalanuvchilaridan biri «qizillar» tarkibida samarali to‘p surib, qatorasiga 2 marta jamoaning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etilgan, hattoki, Golden Boy sovrinini yutgandi. Rahim shu tariqa asosiy tarkibdan joy olib, asta-sekin yetakchilar qatoriga qo‘shildi. Lekin kutilmaganda, mo‘may daromad tuzog‘iga tushdi-qo‘ydi.

Mojaro. «O‘ylashimcha, Sterling «Liverpul» sharafini himoya qilishni istaydi. Uning o‘zi shuni bayon etdi. Endi hammasi futbolchining vakillariga bog‘liq. Ular klub rahbarlari bilan kelishishlari lozim», - degandi Brendan Rojers. Oradan 2 hafta o‘tgach, Rahim VVSga bergan intervyusida «Liverpul» taklifini rad etganini yashirmadi. Xullas, muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, maoshning oshirilishi naf bermadi. Shu pallada oraga «Manchester Siti» suquldi.

Yakun. Xaridorning dastlabki 2ta taklifi rad etildi. Ammo muammo hal etilmagan va vaqt o‘tib borardi. Yevro-2016 chog‘i Xosep Gvardiola tilga kirib, Sterlingni yangi jamoasida ko‘rishga xohishmand ekanligini aytdi. Shu tariqa masala yopildi. Xo‘sh, transfer «Liverpul» muxlislarini ranjitdimi? Aslo! 44 mln. funtli savdo Sterlingni angliyalik eng qimmatbaho futbolchiga aylantirdi. Muhimi, shuncha mablag‘ Fernando Torresning «Chelsi»ga sotilishidan tushgan daromadga qaraganda, ancha muvaffaqiyatli sarflandi.

Dimitar BERBATOV

Mojarodan avvalgi holat. Bolgariya futboli tarixidagi eng qimmatbaho o‘yinchi «Tottenxem»da 2 yil to‘p surib, mashhurlikka erishdi. Ya’ni APLga qisqa vaqtda moslashgan hujumchi o‘ta sermahsul o‘ynay boshladi. Xususan, Robbi Kin bilan ajoyib tandem hosil qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi va yilning eng yaxshi futbolchisi maqomini oldi. Keyin Manchesterning ikki grandi taklifi oldida biroz esankirab, yakunda «MYU»ni tanladi.

Mojaro. O‘z futbolchilarini osongina berib qo‘ymaydigan «Tottenxem» Berbatov transferida APL reglamenti buzilganini ro‘kach qilib, shikoyat yozdi. Natijada hujumchi «Chelsi» va «Sanderlend»ga qarshi bahslarda maydonga tusholmadi. Lekin Dimitar yakunda «MYU» a’zosiga aylandi, baribir.

Yakun. 30 mln. funtni qurtdek sanab olgan «Tottenxem» da’voni to‘xtatdi, Dimitar esa ser Aleks aytganidek, «qizil iblislar» hujumida yetakchi rolga ko‘tarildi. Qisqasi, «Old Trafford»da bir necha yil ishonchli to‘p surdi. Darvoqe, britaniyalik kasbdoshlarimiz yaqinda Berbatovni «MYU» bazasida ko‘rishibdi. Taxminlarga ko‘ra, sobiq hujumchi Joze Mourinyodan murabbiylik sirlarini o‘rganish niyatida ekan.

Karlos TEVES

Mojarodan avvalgi holat. Argentinalik taniqli hujumchining «Vest Xem»dan «MYU»ga o‘tishi - katta tarix. Aslida ko‘pchilik uning «Inter» safiga qo‘shilishini bashorat qilgandi. Biroq Karlos APLda qolishni ma’qul ko‘rdi. Futbolchining agenti Kiya Jurabchian sudga murojaat etishni mo‘ljallab turganida esa, Karlosning transfer huquqini vositachi sotib oldi va uni «MYU»ga ijara kelishuvi asosida berdi.

Mojaro. Roberto Manchini va Teves o‘rtasida yuzaga kelgan mojaroni ko‘pchilik yaxshi eslaydi. Murabbiyning aytishicha, Teves CHL doirasida «Bavariya»ga qarshi kechgan bahsda zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortgan. Hujumchi esa o‘z intervyusida murabbiy ishorasini tushunmay qolganini ta’kidlagandi. Yakunda «Siti» rahbariyati futbolchini jarimaga tortib, mashg‘ulotlardan chetlatdi. Shundan keyin matbuotda Tevesning «shaharliklar» safini tark etishi ma’lum qilindi. Ammo xayrlashuv roppa-rosa 1,5 yildan keyin yuz berdi.

Yakun. Xitoy chempionatiga yo‘l olgan Teves ayni payt mammolardan mutlaqo xoli. Zero, moliyaviy jihatdan qaraganda, Karlosning oshig‘i olchi. Futbol nuqtai nazaridan-chi? Buni faqat vaqt ko‘rsatadi.

Vilyam GALLAS

Mojarodan avvalgi holat. Fransiyadagi mashhur akademiyalardan biri - «Klefonten» tarbiyalanuvchisi vaqtida Klaudio Ranyerining «Chelsi»sida ishonchli himoya qo‘rg‘oni edi. U Marsel Desayidan ko‘p narsa o‘rgandi, Jon Terri bilan ajoyib juftlik hosil qildi. Umuman, Gallas universallik qobiliyati evaziga qanot himoyasida ham, markazda ham o‘ta ishonchli harakatlanardi. U «ko‘klar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo ishonchini ham osongina qozondi. Biroq tez orada boylikka nisbatan hirsi barchasini chalkashtirib yubordi.

Mojaro. Gallas 2006 yilning yozida JCHda charchaganligini bahona qilib, «Chelsi»ning mavsumoldi safaridan bosh tortdi. Aslida Vilyam klub taklif etgan yangi shartnoma va o‘zi uchun belgilangan ish haqi miqdoridan norozi edi. Vaziyat shu darajada keskinlashdiki, futbolchi ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan shartni o‘rtaga tashladi: «Ikki yo‘l bor - meni transferga qo‘yasizlar yoki avtogollarim guvohiga aylanasizlar!»

Yakun. Gallas oxir-oqibat, «Chelsi»ning azaliy raqibi - «Arsenal» safidan joy oldi. «Kanonirlar» uning evaziga Eshli Koulni yuborishdi va arzimas miqdorda pul to‘lashdi. Vilyam «Arsenal»dagi faoliyatidan keyin «Tottenxem»da ham to‘p surdi, oxirida esa Avstraliyaning «Pert Glori» jamoasi sharafini himoya qildi.

S.RAHMONOV tayyorladi, interfutbol.uz.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:29, 16.02.2017.
O'qildi: 8401 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.