Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Andijon» Toshkentdagi yig‘inni yakunladi

«Andijon» Toshkentdagi yig‘inni yakunladi

Baho:
+ | -

Andijonliklarning poytaxtdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘z nihoyasiga yetdi. Jamoa bugun Toshkent yig‘inidagi so‘nggi nazorat-sinov uchrashuvini o‘tkazdi.

Birinchi liganing doimiy ishtirokchilaridan biri bo‘lgan «NBU-Osiyo»ga qarshi kechgan bahsda tomonlar durangga imzo chekdi. Eng asosiysi murabbiylar mazkur uchrashuv orqali ko‘rikdagi futbolchilarning imkoniyatini yana bir bor ko‘zdan kechirdi. Shu bois bu kabi o‘rtoqlik o‘yinlarida natija asosiy o‘ringa chiqmaydi.
«Bankirlar»ga qarshi bahsda ham bosh murabbiy Vitaliy Legay ikkita tarkibdan foydalandi. Chilonzordagi sun’iy koplamali maydonda kechgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. «Andijon»ning goliga iqtidorli yarim himoyachi Abror Komilov mualliflik qildi.
«Andijon»: Azizbek Abubakirov, Akbar Xodjayev, Qahramon Mahamadjonov, Abdurasul Komilov, Ibrohim Otaxonov, G‘ayrat Jo‘rayev, Sanjar Asqaraliyev, Abdulaziz Yoqubov, Farhod Bekmuratov, Oybek Nurmatov, Alisher Abduvohidov.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Barakatillo Isroilov, Dilmurod Mahmudov, Ahror O‘ktamov, Mansur Mahsudov, Muhammadyusuf Abdumajidov, Abror Komilov, Kamron Abduhamidov, Xusniddin Xusniddov, Jahongir Maqsudov, Baxtiyor Qosimov, Maqsud Mahmudov.

Mazkur o‘yindan so‘ng futbolchilarga ikki kunlik dam berildi. Endi jamoa a’zolari dushanba kuni Andijonda, klub qarorgohida yig‘iladi va tayyorgarlikni davom ettiradi.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 14:53, 17.02.2017.
O'qildi: 4947 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик